Mavlono Ishoq (XIV asr)

* * *

Nazar qil bizga bir soat, ayo mahbubi ruhoniy,
Aningtek bizni xush ko‘rkim, bekansun ahli rux oni.

Ko‘zumning bobaki ichra xayoling naqsh erur mutlaq,
Yana aqlim sening husnung tangirg‘ab fikri hayroni.

Zanaxdoning qudug‘inda ko‘ngul Iskandari tolib,
Ajabtur anda bo‘lmasa Xizrning obi hayvoni.

Boshimni ovchima oldim, firoqing mavjina tushtum,
Etur vasling kemisinkim, erishti Nuh to‘foni.

Ko‘rarman har kecha tushta qaro zulfingni zanjirtek,
Ne kelturgay bu boshimg‘a ajab ul tush parishoni.

Manimtek necha oshiqlar sening husning xayolinda,
Boshi yostuqqa tegmagay, to‘shak ham ko‘rmagay yoni.

Zamona xo‘blari da’vo qilurlar husn mulkinda,
Kel, ey Isxoq miskinning ulusta inja sultoni.