Ayyub Shahrisabziy (XV-XVI asr)

Ayyub Shahrisabziy (to‘liq ismi Mir Xoja Ayyub Abulbaraka Shahrisabziy) (15-asr oxiri — Shahrisabz, 16-asr o‘rtalari) — o‘zbek shoiri, musiqa nazariyotchisi. Turkiy va forsiyda ijod qilgan.

She’rlari mutoyibaga boy, rindlik ruhi bilan ajralib turadi. Navoiy («Majolis un-nafois»da), Sodiqbek Kitobdor («Majma ul-xavois»da) Ayyub Shahrisabziyning she’riyat va musiqashunoslikdagi iste’dodini yuksak baholaganlar. Uning musiqiy iqtidoriga Darvishali Changiy («Tuhfat us-suru» — «Risolai musiqiy») ham yuqori baho bergan.