U un to‘qqiz yeshida tug‘ilgan diyorini mangu tark etdi.
Yigirma besh yoshida Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Bangladesh mamlakatlarining aksariyat qismini egallagan ulkan saltanatga asos soldi.
Uning mamlakatdorlik siyosati, harb ilmi asrlar davomida jahon hukmdorlari uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qildi.
Shu sababli uning bu boradagi noyob tajribalari Atilla, Yuliy Sezar, Bonapart Napoleon, Amir Temur singari mumtoz davlat arboblarining nomlari bilan bir qatorga quyib o‘rganiladi.
Adovat va fitnalar, isyon va suiqasdlar tufayli u umr buyi qilichning damida turgandek beorom, behalovat kun kechirdi.
Necha bor muqarrar o‘lim changalida qolib, har safar mehribon va marhamatli Ollohning qudrati ila yana hayotga qaytdi…