Ey jo‘ralar-ey, ey yoronlarim-ey, bir gapning gali keldi, gapning gali keldima o‘zi, aytinglar. Birodarim haqida aytib berayin, birovingiz bilasiz uni, birovingiz bilmaysiz. Bilmaganingizga qiziq, bilmaganlarga aytayin — bosh gurung bo‘lmasam qaytayin. Uzim orqasi yer iskamas jaydari tabilchi bo‘lsam, xullasi, — gapga chechanmasman, yozuvchiligim bo‘lganda-ku, o‘zim bilardim-a, ha mayli. Xuydoyimning berganiga shukr.
Jo‘ramning oti Davlatboy, badanida yaroqli joy yo‘q, yaroqlisi qovurgasimi – do‘xtir naq uchovni sanab turib kesib tashlagan. Sog‘ bo‘lsa kesarmidi, ko‘pkarida sindirgan, keyin do‘xtir optashlagan. Gap qovurg‘adami, men aytayin siz ishonavering, tag‘inam o‘zingiz bilasizku-ya, gavdasiii kesib tashlasangizam bu o‘larman hech balo ko‘rmaganday yuraveradi, sizga garantiya berayki, oyog‘ini jodiga qo‘yib qirqing, voy demas Indallosi gap, jo‘ramning gavdasi tikkayib qolgan, men qaridim, qaddim bukildi, uning bukilmaganiga sabab — o‘ng egnidan suyagiyam siniq, optashlashganmi, olishmaganmi, unisini bilmadim-u, ammo tikkaypb qolganinig manisi shul. Engashsa tomiri tortishib ogriydi.
Maqtamayman, maqtaguli yo‘g‘-u, bari bir qurmag‘urning yoshligida devimi, bir balosi boriydi, hayron qolar edim uning polvonligiga, tog‘ni kemirar edi, daryoni simirar edi, qiyomat edi polvonligi bir sari, bardoshiga balli der edim. Ayrimingiz bilasiz ofatining chavandozligini, ena suti ogzidan ketmagan ot chopar edi ko‘pkarining enasini emdirar edi sinishining bari shu ko‘pkarining kasri tag‘in aytayinma, tanasida dog‘i bor joy kam, shuning uchun qip-qizpl tentak shekilli bu, deb o‘ylab, qolar edim ba’zan. Bir gal qahraton qishda Garashaga to‘yga ketyaimiz, mening ostimda cho‘bir, uning ostida bo‘z, gapdan gap chiqib uni maqtab yubora qolibman, sovuqqa o‘lguday chidamli deb, bu go‘rso‘xta o‘zidan ketib po‘stin bilan telpakni yechib tagiga, egarga to‘shab oldi deng. Hav, bir kasrni qilarsan, o‘larsan deyman, qayoqda quloq solsa, qaytanga kamzuliniyam yechyapti. Shu gapning nari-berisi, hay-haylashimizga qaramay bir fasilda chippa maykachang bo‘ldi koldi. Egarda to‘rganday o‘tirib ketayotir. Sheriklarimizam do
d deb yalinadi, menam. Mazaq uchun ahyon-ahyonda kulib qo‘yadi. Sovuqni-ku, gapirmayin — odamning suyagidan o‘tib ketadi. Men po‘stin kiyganman, shuning ustidan yeb borayotir chimillab. Koshning ustiga qirov qo‘-nadi, terlasa mo‘nlabing muzlaydi. Jon-ponim chiqib, «bor-e», dedim, menga desa o‘lmaysanmi, beparvo haydayverdim, anavi bizni kalaka qilib muskullarini o‘ynatib qo‘yadi har zamon. Sovqotyaptimi, deb razm solaman, burni qizargan, lekin, ishonsangiz badani hechqursa tovuqniki tsingari bo‘rtmaydiyam, yo pirm, deyman, tavba qilaman. Avval achinishib turgan edik, to‘yxonaga yetavergach, nomusimiz keldi baloda endi, ayoz, bo‘ron urib tursa-yu, hech narsadan hech narsa yo‘q, dabdurustdan maykachapg kirib borsapg. Yana to‘yga! Uni-ku tentak-pentak deb o‘ylar, yonida borgan bizni kim deb o‘ylaydi odamlar. Otining jilovidan ushlab, jo‘rajon, ukajon, akajon, deb yalinaverdik, o‘zingni o‘y-lamasangam bizga iching achisin. Jonimizga aro kirdi, sal eridi chamasi, mayli, deb kiyimlarini birin-ketin kiyib oldi. Agar
aqling bo‘lsa uni yonida maqtama, o‘lding maqtasang. Ko‘pkariniyam o‘zi gursillatib chopaqoladi, bor eshittirmang, eshittirsangiz biron a’zosi majoq bo‘lib ketgani bilanam ishi bo‘lmaydi, ishonmasangiz hozir ko‘ring borib tizzasining ko‘zi joyida turmay qolgan — goh pastga, goh yuqoriga siljib ketadi, shunda yurolmay qoladi, voy-voylaydi, o‘zi ulay-bulay bilan arg‘ab-irgab o‘rniga soladi-da, keyin qaqqayib so‘fiday ketib turgan kuni. O‘sha to‘y kuni ko‘pkarida bu xuni-muni Ko‘liboy polvonga ilashdi deng. Ko‘liboyniig oti zo‘r, otidanam o‘zi zo‘r. Davlatboy nima uning oldida, sapchaday otib yuboradi kerak bo‘lsa. Uloqning bir putiga tarmashib ketyapti, shuytib maydonni naq to‘rt marta aylanib chiqdi-yov uyam bu chakamik ekan deb, qo‘yaqolmadi, buyam kamkuchman demadi, cho‘zilishib, o‘zlariniyam qiynab, otlariniyam qiynab bordi-da qo‘ydi odam bori tong kotgan, Qo‘liboyga kuch bermagan bu o‘larman kim bo‘ldi deb. Ming qilsayam kuchli-kuchli-da, zo‘rga pesh bo‘b bo‘ladima, Ko‘liboy uloqni taqimiga o‘xshatib bosib
, gavdasini yoniga olib bir siltagan edi. Ikki ot naq qo‘shmoq bo‘lib qoldi. Egari egarqoshga tegib qarsilladi. Davlatboyimiz egardan uchib ketdi endi chupchak bo‘lib yerga tushadi-yov, bir qiyomatni qiladi-yov deb tursak, yo‘q, shu bo‘z otning naq yolida qolib ketdi. Oyoq uzangidan chiqmagan ekan, gavda yerga shalvirab ketgan, oyoq yolda. Shu ahvoldayam bir maydon aylandi-da, oxiri qo‘yib yuborar desak, bari bir qo‘ymadi-e, otning jugani uzilib egar-pegari bilan uchib borib Ko‘liboyning otiga qapishib qoldi olomon «qo‘y!» deb qichqiradi, guvlaydi, bu qo‘ymaydi. Odamlar Ko‘liboy endi bu sho‘rlikni uloq-puloq bilan qo‘shib chortoqqa gupchak qilib tashlar ekan-da, deb turishgan edi. Chakamik bo‘lsa shilimday yopishib chortoqqa yetmay olib qoldi. To‘rt yo besh qulochlar qolgan edi, uzoq emasdi uloqni uvib tushib, o‘zi yayov somonga sudrab olib borib tashladi. Rais ham mardligiga balli sovrin senga deb— yuz ellik so‘mni qo‘liga tutdi, qurg‘ur yana o‘jarlik qildi, — mardligi bor-da o‘zi, — yuz ellikni xalqning ko‘
z o‘nggida Ko‘liboyning qo‘liga tutqazdi. Rahmat aytdi. Kaytangga Ko‘liboy polvon izza bo‘lib qoldi.
Shuytib ko‘p tomoshalarni ko‘rsatib kelganmiz Garashada. Keyin katta chavandoz bo‘lib tanilib ketdi, odamlar o‘rganib ketdi uni fe’liga. Kichkina o‘g‘li Sanjar unnng o‘ziga tortgan. Xuddi quyib qo‘yganday. Kecha machitning berisidagi bo‘zloqda o‘zidan barzangiroq bir bola bilan kurashyapti. Haligi bola buni dustaman olib tushdi, yelkasini yerga tekizaman, deb xay urindi, terlab-pishib, ko‘karib ketdi, oxiri bo‘lmadi. Sanjar ustiga salmogini solib bosib turgan bolani bir tipirlab ko‘tarib turib ketsa bo‘ladimi!
Davlatboy bilan to‘qqiz-o‘ninchn sinflarni raysentrda, Ko‘shrabotda bitirganmiz. Ko‘rg‘ontepadan, naq o‘ttiz chaqirimdan nonni belga tugib qatnaymiz nima qilaylik, bu yerda o‘rta maktab yo‘q. Uning eshagi bor, juda ildam. Lekin kichkina, arqasi cho‘ntoq, mingashib yolchimaysan, ikki qadamdan keyin tushib qolasai. Ikkovimiz almashib minib boramiz.
Endi borgan kezlarimiz. O‘zimizni panaroqqa olib yuramiz. Boshingni sal kutarsang, tsentrliklar populdirig‘ingni pasaytirib qo‘yishadi. Do‘kaylari bor o‘zlarining, har qaysisining mushti mening boshimday keladi kamida, g‘iring desang boshingni olib tashlaydi. Bir kuni ular bizni chakirib, to‘qqizinchi sinfda o‘qiydigan mesniy bolani ko‘rsatib, «kurashasan biroving shu bilan», dedi. Men endi, ayyorroqman, darrov Davlatboyni ro‘para qildim. Davlatboy olishib, oxiri yiqdi. Do‘kaylar keyin narign to‘qqizinchi sinfning zo‘rini chaqirib, «shu bilan kurashasanmi?» dedi Davlatboyga. Buyam kiprik qokmay «ha» deb yubordi. Unisiniyam yiqdi. Charchab qoldi. Haligi kurashtirayotgan bola aytdiki, shu maktabning ishongan shepi men bo‘laman, otim palonchi, endi men bilan chiq, yiqsang, o‘rnimga sen shepsan, tan beraman, qo‘lni tashla, dedi. Davlatboyga qarasam, qo‘liga bir tupurib ishqaladi-da, «bo‘pti, kel», deb yubordi. Men borib haligi shepning oyog‘iga yiqildim. «Jon jo‘ra, jon jo‘rajon, shep o‘zingsan, agar kurashsang bu
ni o‘ldirib qo‘yasan, o‘zi yetim bola, sening shepligingni tan oladi», deb yalinaverdim. Shesh Davlatboyga qarab: «Shunaqami?» dedi. Davlatboy menga termulib turib: «Ha», dedi-da yoniga tupurib yubordi. «Tan berdingmi, kurashmay-a?» deb qayta so‘radi bola. Men Davlatboyga jovdirab tikildim. «Tan berdim», dedi u noiloj. Davlatboyni shunda bir martagina so‘zidan qaytarolganman, o‘shandayam qaytib kelayotganimizda odam qatoriga ko‘shmay bo‘ralatib so‘kkan. Ammo men undan aqlliroq edim, birdan-bir to‘g‘ri yo‘lni tanlagan edim. Aniq ishonardimki, agar Davlatboy uniyam yengsa, do‘kaylarning bizga xusumati oshib, oxiri bir kul urib o‘ldirib qo‘yardi. Yengmasang o‘lmaysan, ishqilib, musofirchilikda omon-eson bitirib ketaylik. deb tayinladim.
O‘qishdan qaytayotganda ikki chaqirim yo‘l yurmay Davlatboyga eshagingni ber, birodar, o‘ladigan bo‘ldim, deb yalinardim, u rostakamiga ishonardi, tushasolib «ma, min, mening oyog‘im umuman og‘rimaydi», derdi. Eshagi haligi aytganimday juda yo‘rg‘a, minsang rohat qilar eding, hech tushging kelmasdi. «Mana shu qirdan oshaylik, keyin sen minasan», derdim men ham insof bilan. Kaltabaqay bo‘lgani uchun qirga sekin ko‘tarilardi. Men ataylab eshakni niqtabroq haydab, undan o‘zib chiqardim-da, oshug‘dan o‘tgach, enishga qarab qo‘shoyoq ottirib choptirardim. Xalalab choptiraverardim. Davlatboy u qirdan ko‘ringanda men bu qirdan oshayotgan bo‘lardim. Jo‘ram qorasi ko‘ringandan mushtini o‘qtalib so‘kiia ketardi, yetib olsam burda-burdangni chiqaraman, derdi. Men uning jahligayam ishonmasdim, to‘xtamay ketaverardim. Keyin u yalinishga tushardi: «Hoy, Amrillo, sekinroq hayda, yetib olay, mingashib ketamiz, to‘xtagin!» Ishonarmidim bu gapga — eshakka xala bosgancha keyingi qirdan ham oshib ketardim. Shu paytlari sezardim
orqamdan Davlatboy yugurib kelyapti, yetib olsa ayamay ursa kerak lekin xayriyatki eshak didni oladi — juda ildam. Men qishlaqqa yetib kelganda Davlatboyning qorasi haliveri ko‘rinmagan bulardi. Uyning tushi-to‘prayiga kelganda eshakdai irg‘ab tushib, ipini yig‘ishtirib boglardam-da, orqasiga xala-cho‘p bilan bir urib uyiga haydab yuborardim. Bilardimki, eshak albatta, uyini topib ayvoniga kirib boradi.
Ertasi tong sahar tag‘in qishloqshshg oyogidagi zardoli ostida Davlatboyni kutib turardim. Menga ko‘zi tushishi bilanok u uzoqdan dagdaga qilib, so‘kinib kelar, urib o‘ldiraman derdi nuqul. Men o‘zimni bechoralikka solardim jon Davlatboyjon, o‘zing bilasan, sendan boshqa kimim bor, boshqa ishonadigan odamim yo‘q-ku, o‘zing bilib turib qiynaysan-a. Mayli, o‘l desang o‘layin, lekin xarom o‘ldirma. Sho‘rlnikning darrov avomligi tutardi. To mening oldimga kelguncha jahlidan tushib, rahmi kelib, boshqa qiyofaga kirib qolar edi, chinakam achinar edi menga. Eshakdan tushib meni mindirardi. Odam ko‘p yayov yursa baquvvat bo‘ladi, deb qo‘yardi. Borib yetguncha ayamatigo minib ketardik. Qaytayotganda esa… yana xuddi kechagi hol takrorlanardi ertalab ham o‘sha ahvol — har kungiday o‘larmanlik qilib “kechirgin” deb yalinib turib olardim. Davlatboy kecha qanday kechirgan bo‘lsa, bugun ham shunday kechirib yuboraverar edi. Juda hayron qolar edim. Ba’zan o‘zimni ham koyib qo‘yar edim. Nachora, ishonuvchan, odam bo‘lsa o‘z
idan ko‘rsii deb qo‘l siltab ketaverardim. Shunday qilib naq ikki yilni o‘tkazdik. Ikki yil har kuni urishib, har kuni yarashdik. Keyin men o‘qishga kirdim, hisobchi bo‘ldim hozir ko‘rib turganingizday tabelchiman. Davlatboy esa o‘sha kezlariyoq o‘qishga parvo qilmadp, o‘zini ko‘pkariga urdi. Daromadiniyam ko‘pkaridan orttirdi, lekin och yashamasdi — har mahal dasturxoni obod bo‘ldi. Bir qisim o‘gillariniyam uylantirdi. Endi ikkovimizam ellik uchga kiribmiz, Kecha kichik o‘glining olishayotganiga qarab, bundan qirq yil burungi Davlatboyni ko‘rganday bo‘ldim, keyin qurmag‘urning o‘zi esimga tushdi tip-tikka bo‘lib kolgan qomati, yurib ketayotganda birdan tizzasining kosasi toyib ketib oyogi qotib qolishi, bechora voy-voylab o‘tirasolib, ishqalab-ishqalab bir amallab ko‘zni o‘rniga solishiyu so‘ng hech balo ko‘rmaganday ketaverishi ko‘z oldimga keldi. Nega zaril ekan, deyman-u, tagin o‘ylab qolaman Nega bunaqa odam, a?! Tavba, nega bunaqa o‘zi?!
Bir narsaga bugun ham imonchim komil agar Davlatboyni hozir borib ham maktasam bilgan amalini qiladi. Esli-hushli bo‘lgani bilan gupurtirsam agar, nimanidir qanirib, nimanidir sindirib, ishqilib o‘zining xumorini yozadi. Ha, hozir ham kuchi ko‘p uning.
Men esa… Men butunlay boshqa odam, unday pahlavon bo‘lolmayman, o‘zimni qattiq avaylayman.
Davlatboyning esa qarib-qartayishini hech tasavvur qilolmayman. Nafasimni yel uchirsin-u, kuchi toshib, quturibmi, yo bir joydan tushib ketibmi… jon topshirsa kerak deb o‘ylayman.
Kechiringlar, jo‘ralar, jo‘ralarmas, yoronlar, gapimning oxiri mungliraq bo‘lib ketdi. Kecha jo‘ramning kichkinasi Sanjarchani ko‘rib bir o‘ychan tortgan edim-da, Davlatboyning bir-ikkita qiziq hantomalari esimga tushib ketdi, xolos. Har xil odam bor ekan-da yer yuzida yashayverarkan, hammasi meniki to‘g‘ri deb. Hay, mayli, birodarlarim, hammamiz o‘tib ketamiz dunyodan!..