Said Ahmad. Qaysi Oybek? (hajviya)

Oybek aka yangi asar ustida ishlayotganda juda xayolchan bo‘lib kolardi. Bir marta ko‘rishgan odam bilan ko‘zi tushib qolsa, yana ko‘rishaverardi.
Domla Soyuz devoriy gazetasining 1 may sonida: «Oybek yangi romanini tugatish arafasida» degan axborotni o‘qib turib:
— Oybek? Qaysi Oybek, obbo g‘o‘daygan-e, — deb yubordi.
Shundan keyin hushi o‘ziga kelib, devoriy gazetaga, kechirasiz-da, deb, zalga kirib ketdi.