Said Ahmad. Luchchak shaftoli (hajviya)

Xorazmlik shoir Rahim Bekniyoz umrida luchchak shaftolini ko‘rmagan ekan. Abdulla Qahhorni ko‘rgani bog‘iga kirganda domla dasturxonga yaltirab turgan bir savat luchchak shaftoli qo‘ydi.
— Iya, — dedi Rahim Bekniyoz, — domla, bu shaftolilarning juni qani?
Abdulla Qahhor javob qildi:
— Rahimjon ukam, siz kelasiz, deb shaftolilarni Qibraydagi sartaroshxonaga opchiqib junini qirdirib keldim.
— Rahmat, rahmat, domla, bekorga ovora bo‘psiz-da, — deb minnatdorchilik bildirdi Rahim Bekniyoz.