Soyuzda majlis bo‘ladigan edi. Oybek bilan G‘afur G‘ulom uchrashib qolishdi.
— G‘ofir, — dedi Oybek. — Majlisga kirasan-a? Bir ko‘p masalalar bor.
— Mazam yo‘qroq, — deb bahona qildi G‘afur G‘ulom.
— Iya, nima bo‘ldi, o‘rtoq?
G‘afur aka chap ko‘kragini ko‘rsatib, shu yerim qattiq og‘rib turipti, dedi.
Bir ozdan keyin ikkovi yana uchrashib qolishdi.
— G‘ofir, majlisga kirasan-a, bir ko‘p masalalar bor.
— Mazam yo‘q, — dedi G‘ofur aka.
— Iya, nima bo‘ldi, o‘rtoq?
G‘ofur aka avval qaysi ko‘kragini ko‘rsatganini unutib o‘ng ko‘kragini ko‘rsatdi.
— Shu yerim juda og‘rib turipti.
— Boya chap ko‘kragim og‘riyapti deganding. Endi o‘ng ko‘kragingni ko‘rsatyapsan. Meni laqillatyapsanmi, g‘o‘daygan?
G‘afur G‘ulom darrov javob qiddi:
— E, og‘ayni, umuman, belimdan yuqorisi mutlaqo ishlamay qo‘ydi.
Oybek akaning unga rahmi keldi.
— Undoq bo‘lsa darrov uyingga bor. Shofyorga aytaman, oborib qo‘yadi.
G‘afur aka unga minnatdorchilik bildirib, mashinaga o‘tirdi-yu do‘sti Axmadjon zargarning to‘yiga ravona bo‘ldi.