Odamzod umr bo‘yi yorug‘ kunlarga talpinib, riyozatlar chekib yashaydi. Taajjubki, yetdim deganida, bandasi nogahoniy bir baloga giriftor bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas ekan. To‘g‘ri, suv yo o‘t balosi changaliga tushib qolganga chora yo‘q. Ammo tuhmat balosiga yo‘liqqan bechoraga-chi?.. Nahotki qutulib qolmog‘ining biror chorasi bo‘lmasa?!
Hurmatli kitobxon, ushbu kitobni o‘qiyotganingizda yuqoridagi ko‘ndalang savolga duch kelasiz. Agar javob topolsangiz, ko‘nglingizda beqiyos erk hissini tuyasiz. Ana o‘sha tuyg‘u — yozuvchi nazarda tutgan bayram tuyg‘usidir.
Norto‘xta Qilichning mazkur to‘plamiga qahramonlar ruhiy-ma’naviy olami yorqin tasvirlangan, keskin voqealar manzarasi ta’sirchan va ifoda yo‘sini yangicha qissalari hamda hikoyalari saralab kiritildi. Ular o‘quvchini teran mushohadaga chorlab, muhim ijtimoiy-falsafiy xulosalar kashf etishga undaydi.
MUNDARIJA
Qissalar
O‘pqon (dramatik qissa)
Tantana
Hikoyalar
Bayram
Dovon
SOS
Jumboq
Xavotir
Aksu sado
Munojot
Saylov
Ustun
Yuk
Qor yoqqan kecha
Quyun
Sevargul
Hassakash
Oshiqdara tutqunlari