
Ne’mat Aminov. Yolg‘onchi farishtalar (roman)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Ne’mat Aminov 1937 yil 17 iyulda Buxoro viloyatining Romitan tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992). Buxoro pedagogiga institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1959). Birinchi hajviy hikoyalar to‘plami — «Ikki pullik obro‘» (1966). So‘ng «Qirq uchinchi pochcha» (1970), «Labihovuz xandalari» (1973), «Chinorlar qo‘shig‘i» (1984), «Elkasiz polvon» (1986), «O‘g‘ri mushukcha» (1987), «Qahqaha» (1987), «Yallama-yorim» (1988), «Cholbolaning ertaklari» (1990) va boshqa hajviy to‘plamlari nashr etilgan. 1976—83 yillarda «Elvizak» va «Suvarak» qissalari asosida «Yolg‘onchi farishtalar yoxud yelvizakfe’l va suvarakmijoz Bashirjon Zaynishev hayotidan» hajviy romanini yozgan. «Bir asr hikoyati» (1996) asari ham bor.Yozuvchi 2005 yil 18 oktyabrda Toshkent shahrida vafot etgan.«Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Ola g‘unajinimiz bu yil ham qisir qoldi. Dadam: «Endi bo‘lmadi. Bolalarim, oqqa yetamiz deb ko‘zlaringiz oqarayozdi, bu zormondani so‘yib joyiga joy qilamiz», dedilar. Erta bozor degan kuni uyimizga qassob keldi. Mol so‘yadigan kishi juda salobatli bo‘ladi derdilar, unchalik emaskan: qora davomi…
Oyisi Xurshidni bog‘chadan vaqtli olarkan, tarbiyachisiga: «Bugun bolaganamning tug‘ilgan kuni!» — dedi. Kunduzgi uyqudan vaqtli uyg‘otilgan Xurshid «tug‘ilgan kun»ning nima ekanligiga aqli yetmasa-da, quvnab irg‘ishlay boshladi.— Tug‘iygan kunim, tug‘iygan kunim! — deya qichqirgancha oldinga tushdi. Oyisi uni zo‘rg‘a tutib turib, davomi…