Nazir Safarov. Momaqaldiroq (roman)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Publitsist, ocherknavis va dramaturg Nazir Safarov 1905 yili Jizzax shahrida tug‘ilgan. Nazir Safarov o‘zbek dramaturgiyasining shakllanishida muhim rol o‘ynagan «Tarix tilga kirdi» (1931), «Uyg‘onish» (1939), «Sharq tongi» (1954) kabi sahna asarlarini yaratdi. Dramaturgiya sohasidagi katta xizmatlari uchun Nazir Safarovga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» unvoni berilgan (1955 yil).Yozuvchining 1954-1957 yillarda yaratgan zamonaviy mavzudagi katta asarlari «Hayot maktabi», «Elmurod» kabi (M. Xudoyqulov bilan hamkorlikda) pesalaridan iboratdir. Uning «Bir tomchi qon» (1967), «Ko‘rgan-kechirganlarim» (1968) nomli qissalari, «Navro‘z» (1973) romani 60- yillar adabiyotida sezilarli voqea bo‘lgan. «Ko‘rgan-kechirganlarim» asari uchun muallifga Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan (1968).U 1975 yilda 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga muyassar bo‘lgan.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.