ER YuZI
Makotibi ibtidoiyaning 3—4-sinf shogirdlari uchun mo‘tabar kitoblardan intixob etilib, Turkiston shevai turkiyasinda tartib va tahrir o‘linmish jug‘rofiya risolasi
BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM
1. Muqaddima
Janobi Haq ta’oliy hazratlari bizni yerdan yaratmishdur. Chunki bizim tug‘ulodurg‘on, o‘sadurg‘on, tiriklik qiladurg‘on ham o‘lg‘ondin so‘ngra ko‘miladurg‘on o‘rnimiz shul yerdur. Bas, yer bizim onamiz va umrlik vatanimizdur. Bir kishig‘a o‘z uyi va mahallasining ahvolini bilib turmak qanday lozim bo‘lsa, umrlik vatan aslisi bo‘lg‘on yerning ahvolini bilmak ondan ortug‘roqlozimdur. Lekin bir kishining umri har qancha uzun bo‘lsa ham, yer yuzini tamom aylanib, ko‘rub bilolmas. Yer yuzidag‘i insonlarni, hayvonlarni, hukumatlarni, shaharlarni, tog‘larni, cho‘llarni, dengizlarni, nahrlarni va shularg‘a o‘xshash kerakli narsalarning barchasini ko‘rib, bilmak bir kishi uchun mumkin emasdur.
Ammo jo‘g‘rofiya ilmini o‘qug‘on kishilar bu narsalarning har birini osonlik ila bilurlar, shul sababli hozirda bolalarg‘a jo‘g‘rofiya kiritmak, ibtidoiydan boshlab o‘rta va oliy maktablarg‘acha dars jadvalig‘a jo‘g‘rofiya kiritmak, butun dunyodag‘i madaniy millatlar tarafidan qabul o‘linmishdir.
2. Yerning suvrat va harakati
Er tarbuz yoki apelsing‘a o‘xshash yumaloqdir. Yer hech narsaning ustida turmas, balki Allohi ta’oliyning qudrati ila otilg‘an to‘p zambarakig‘a o‘xshash havo orasida yurub turodir. Yerning ikki xil harakati bor: biri — yumalanish, ikkinchisi — aylanish. Yumalag‘anda arobaning g‘ildirag‘ig‘a o‘xshab o‘z o‘qining atrofida yumalanur. Va bu harakatni har bir 24 soatda bir marotaba tamom qilur. Bundan bir kecha-kunduz hosil bo‘lur. Shul sababli bu harakatni harakati yumiya (kunlik harakat) va harakati mehvariya (o‘q atrofida harakat) derlar.
Aylang‘onda esa quyoshning atrofida aylanur. Bu harakatini 365 kun va olti soatda tamom qilur. Bundan yil hosil bo‘lur. Shul sababli bu harakatni harakati sanaviya (yillik harakat) va harakati davriya (aylanma harakat) derlar.
3. Asbob va atroflarning ismlari
Erning shakl va suvratini tamoman chizub ko‘rsatg‘on narsani kurrai musanna’ (globus) deyilur. Yumaloq qilunmasdan, qog‘oz ustig‘a chizilg‘on bo‘lsa, kurrai mastaha deyilur.
Erni ikki pallaga bo‘lib ko‘rsatg‘on, qog‘azlarni nisfi kurra (polushariya) deyilur.
Erni qit’a va mamlakatlarg‘a bo‘lub, har birini bo‘lak-bo‘lak ko‘rsatg‘an qog‘azlarni xarita (karta) deyilur. Bir necha xaritalarni yig‘ub daftar qiling‘on bo‘lsa atlas deyilur. Yerning kun botg‘ang‘a o‘xshab ko‘rung‘on tarafini G‘arb, kun chiqqang‘a o‘xshab ko‘rung‘on tarafini Sharq deyilur. G‘arbga qarab turg‘on kishining o‘ng yog‘ini Shimol, so‘l yog‘ini Janub deyilur. G‘arb ila Shimol orasini G‘arbi shimol, G‘arb ila Janub orasini G‘arbi janub, Sharq ila Shimol orasini Sharqi shimol, Sharq ila Janub orasini Sharqi janub deyilur. Xaritalarning ust yog‘i Shimol, ost yog‘i Janub, o‘ng yog‘i Sharq, so‘l yog‘i G‘arb e’tibor qilinmishdur.
4. Yer yuzi
Er yuzi suv ila qurug‘liqdan iboratdur. Yer yuzining to‘rtdan bir bo‘lagi qurug‘liq va uch bo‘lagi suv ila qoplanmishdur. Qurug‘luq besh parchag‘a bo‘linur: Ovrupo, Osiyo, Afriqo, Amriqo, Avstraliyo.
Bularning har birini qit’a deyilur. Bulardan Ovrupo, Osiyo, Afriqo qit’alarini barri a’qiq (eski dunyo) deyilur, Amriqo va eski Avstraliyo qit’alarini barri jadida (yangi dunyo) deyilur.
Barcha yog‘i suv ila o‘ralg‘on qurug‘liqni ata (jazira) deyilur. Uch yog‘i suv ila o‘ralub, yolg‘iz bir yog‘i qurug‘luqg‘a tutashg‘on joylarni yarim ata (shaba jazira) deyilur.
Yarim ataning qurug‘luqg‘a tutashg‘on tor joyini barzah deyilur. Uchi ingichka bo‘lub, suvg‘a uzoyib chiqg‘an joylarni burun deyilur. Yuqori ko‘tarulg‘on joylarni baland bo‘lsa tog‘, past bo‘lsa tepa deyilur. Ustidan doimo tutun, olov chiqib turadurg‘on tog‘larni yonar tog‘ (vulqon) deyilur. Suvsiz, tekis joylarni cho‘l, ekin o‘sadurg‘on suvluq joylarni dola (uva) deyilur. Tog‘ va tepalar ustidag‘i mol o‘tlaydurg‘on tekis joylarni yaylov (qir) deyilur. Ikki tog‘ orasidag‘i tor yo‘llarni darband (dara) deyilur. Dengiz, ko‘l va nahrlarning bo‘ylarini sohil deyilur.
5. Suvlar
Er yuzini to‘rtdan uch bo‘lagini qoplag‘on suvlar avvalo to‘rt qismga bo‘linur: dengiz, ko‘l, nahr, o‘qyonus. O‘qyonus deb butun qurug‘liqni o‘rab olgan sho‘r suvlarni aytilur. O‘qyonus suvlari beshga bo‘linur: Bahri muhiti kabir, Bahri muhiti atlas, Bahri muhiti hind, Bahri muhiti shimoliy, Bahri muhiti janubiy. Bahri muhiti shimoliy ila Bahri muhiti janubiy doimo muz ila qoplanib turg‘oni uchun Bahri munjamid, ya’ni Muz dengizi deb atalur.
Dengiz deb qurug‘liqning orasig‘a yorib kirg‘on sho‘r suvlarni aytilur. Ko‘l deb barcha yog‘i qurug‘liq ila o‘ralg‘on suvlarni aytilur. Nahr deb tog‘lardagi buloqlardan, qor va yomg‘urlardan paydo bo‘lub, bir-birig‘a qo‘shilub, zo‘ray-g‘an suvlarni aytilur. Nahrlar ko‘llarg‘a va dengizlarg‘a borib quyulodurlar. Nahrlarning chiqodurg‘on yerlarin manba’, borib quyadurg‘on yerlarin mansub deyilur. Ikki dengizning bir-birig‘a qo‘shiladurg‘on tor joylarini bo‘g‘oz deyilur. Inson kuchila qozilg‘on bo‘g‘ozlarni qanol deyilur. Qurug‘liq orasig‘a suqulib kirg‘on suvlarni ko‘rfaz deyilur. Paraxo‘dlar kirib turadurg‘on ko‘rfazlarni liman deyilur.
6. Ovrupo qit’asi
Ovrupo qit’asi Osiyoning g‘arb tarafida, Afriqoning shimol tarafida voqe’ ulug‘ bir yarim atadur. Bu qit’aning shimol tarafi butun Bahri munjamid, shimoli sharq tarafi O‘rol tog‘lari, Urol nahri, Bahri Hazar (Kaspiy dengizi) janub tarafi Qofqoz tog‘lari, Bahri siyoh (Qora dengiz), Istanbul bo‘g‘ozi, Marmara dengizi, Dardanel (Chanoq qal’a) bo‘g‘ozi, Bahri safid (Oq dengiz), Sipta (Jabali toriq) bo‘g‘ozi, g‘arb tarafi butun Bahri muhiti atlas ila o‘ralmishdir.
Ovrupo qit’asi boshqa qit’alarning kichigi bo‘lsa ham, o‘zining obodliligi va xalqining maorif, hunar, sanoat, tijorat, ziroat va siyosatdag‘i taraqqiysig‘a qarag‘anda, eng birinchisi va hokimidir. Kengligi 180 ming murabba’ mil bo‘lib, to‘rt yuz (400) milyong‘a yaqin aholisi vordur. Aholisining barchasi oq jinsdan bo‘lub, 25 milyonchasi musulmon, qolg‘onlari xristian va bir oz yahudiydur.
Er yuzidag‘i eng zo‘r hukumatlar, madrasa va dorilfununlar, fabrik va zavudlar, temir yo‘l va paraxo‘dlar, shahar va mamlakatlar jumlasi bu qit’adadur. Ovruponing havosi yaxshi bo‘lub, yerida har xil meva va ekinlar yetishodur. Yer ostidan oltun, kumush, temir, ko‘mir kabi har xil foydalik konlar chiqodur. Atrofi kirg‘an-chiqg‘an bo‘lib, ata va yarim atalari, ko‘rfaz va limanlari, dengiz va bo‘g‘ozlari, ko‘l va nahrlari ko‘pdir. Ovrupoda katta-kichik 21 mamlakat vordur. Hukumatlarning beshi shimoliy Ovrupoda, oltisi o‘rta Ovrupoda va o‘ni janubiy Ovrupodadurlar. Shimoldag‘i hukumatlardan birinchisi ham kattasi Rusiya imperato‘rlig‘idur.
7. Rusiya imperato‘rlig‘i
Rusiya mamlakati yerining kenglig‘i jihatidan yer yuzidag‘i mamlakatlarning (Anglatardan so‘ngra) eng ulug‘idir. Ovruponing yarmidan ko‘prog‘i, Osiyoning uchdan biri Rusiya mulkidir. Bung‘a qarag‘anda Rusiya hukumati butun yer yuzining (taqriban) oltidan bir bo‘lagida hokimdur.
Rusiyaning Ovrupodag‘i yerini Ovrupoyi Rusiy deyilur. Osiyodag‘i yerini Osiyoi Rusiy deyilur. Ovrupoyi Rusiyning shimol tarafi Bahri munjamid, shimoli sharq tarafi O‘rol tog‘lari, O‘rol nahri va Bahri Hazar, janub tarafi Qofqoz tog‘lari, Qora dengiz, Tuna shahri, Rumoniya hukumati, g‘arb tarafi Avstriyo hukumati, Germoniya (Olmoniyo) hukumati, Boltiq dengizi, Isvech, Nurvej hukumatidur. Kenglig‘i (100000) yuz ming murabba’ mildur. Aholisi yuz o‘n milyoncha bo‘lub, to‘qson (90) milyoni ruslar, qolg‘onlari musulmon, polyak, yahudiy, armani kabi turli millatlardan iboratdur.
8. Dengiz, ko‘rfaz, ko‘l va nahrlari
Ovrupoyi Rusiyning shimol tarafida Bahri munjamidi shimoliy va bundan paydo bo‘lg‘on Abiz dengizi ham Pechuro va shimoliy Ruyna nahrlari vor. Pechuro Bahri munjamidi shimoliyg‘a, shimoliy Ruyna Abiz dengizig‘a quyilur.
G‘arb tarafida Boltiqdengizi va bundan chiqg‘on Butani, Finlanda va Rig‘a ko‘rfazlari ham Neva va g‘arbiy Ruyna nahrlari vor. Neva nahri Finlanda ko‘rfazina, g‘arbiy Ruyna Rig‘a ko‘rfazina quyiladur. Janub tarafinda Qora dengiz va bundan paydo bo‘lg‘on Azoq dengizi ham Do‘n, Dnepr va Dnestr nahrlari vor. Do‘n nahri Azoq dengizina, Dnepr va Dnestr nahrlari Qora dengizga quyilodur. Sharq tarafinda Bahri hazar va bung‘a quyiladurg‘on Volg‘a ham O‘rol nahrlari vor.
9. Idora va shaharlari
Rusiya hukumati yerining kengligi, aholisining ko‘plig‘i va quvvai askariyasig‘a qarag‘anda Ovrupo hukumatlari orasinda birinchi darajada hisob qilinsa ham, mamlakatining obodlig‘i va aholisining ilm-ma’rifat, hunar va sanoatdagi taraqqiysig‘a 3-nchi darajada sanolur.
Mamlakat nizomlarini qaramak uchun Gosudarstvenniy duma (Majlisi mab’uson) va Gosudarstvenniy sovet (Majlisi a’yon) ismli mahkamalari vor. Bunga qarag‘anda idorasi mashrutadur.
Rusiya hukumat tili ruscha, hukumat mazhabi provaslavniydur. Shunday bo‘lsa ham islom, yahudiy, ma’jusiy, qato‘lik, luteran mazhablari ila amal qilg‘uvchilar, turkcha, forscha, polakcha, armanicha kabi har xil tillar ila so‘ylashadurg‘on kishilar ko‘pdur. Bahri munjamidi shimoliydag‘i «Zombili jadid», Qo‘lquyef va Vayg‘ach atalari ham Rusiyag‘a tobe’dur.
Rusiya imperato‘rlig‘ining poytaxti Petrog‘rad shahridur. Bu shaharni 1703 yilda Pyotr Velikiy Finlanda ko‘rfazig‘a yaqin yerida Neva shahrining bo‘yig‘a bino qilmishdur. Shul sababli tijorat va askariy jihatdan Rusiyaning birinchi shahridur. Bir yarim milyon aholisi vordur. Rusiyaning eski poytaxti Maskov shahridur. Bu shaharning aholisi bir milyon olti yuz ming bo‘lub, tijorat va sanoat jihatincha Petrog‘raddan qolishmaydur. Bulardan so‘ngra Varshava, Kiyef, Xarkuf shaharlari, Qora dengiz bo‘ynida Adesa ham Sevastopo‘l shaharlari, Do‘n nahri bo‘yinda Rosto‘f shahri va Vo‘lg‘a nahri bo‘yinda Astraxan, Saratov, Samara, Simbir, Qozon, Yekatirinburg‘, Kostro‘ma va Yaroslav shaharlari, O‘rol nahri bo‘yinda O‘renburg‘ shah-ri, shimoliy Ruyno bo‘yinda Arxangelski ham Volug‘da shaharlari mashhurdir.
10. Finlanda
Ovrupoyi Rusiyning shimoliy qismida, Boltiq dengizi sohilida muxtoriyat (avtonomiya) bir viloyatdir. Hozircha bu mamlakatning o‘ziga maxsus temir yo‘llari, paraxo‘d va dorilfununlari, teleg‘rom va telefunlari, o‘z ismig‘a yasag‘on chaqa tangalari va mamlakatni idora qiladurg‘on majlisi mab’usonlari (seymolari) vordur. Butun mamlakatning kulli idoralari o‘z qo‘l va ixtiyorlarindadur. Markaz idorasi G‘elsinforg‘s shahri bo‘lib, Viborg‘, Obo shaharlari mashhur shaharlardur. Aholisi fin va shvedlar bo‘lub, barchasi 2 milyondur. Maorif va madaniyat jihatidan ruslardan qolishmaylar, balki ba’zi axloq-odob xususlaridan necha martaba ortuqdurlar. Mazhablari luteran.
11. Isvech-Nurvej qirollig‘lari
Shimoliy Ovrupodag‘i hukumatlarning ikkinchisi Isvech (Shvetsiya), uchinchisi Nurvej (Norvegiya) qirollig‘laridur. Bu hukumatlar Isqandinaviyo yarim atasinda bo‘lub, shimoliy tarafi Bahri munjamidi shimoliy, g‘arb tarafi — Bahri muhiti atlas, janub tarafi — Sund bo‘g‘ozi, Ysqajaroh bo‘g‘ozi va Boltiq dengizi, sharq tarafi — Boltiq dengizi va Rusiya hukumati ila o‘rolmishdur.
Avvalda Isvech va Nurvej bir hukumat bo‘lsa ham, hozir bir-birisidan tamom ayrilg‘on va har birining o‘ziga maxsus majlisi mab’usoni ham qiroli vor. Isvechning aholisi 4 milyoncha bo‘lib, poytaxti Istuqulm shahridur. Nurvejning aholisi 3 milyoncha bo‘lub, poytaxti Xristoniyo shahridur. Mashhur shaharlari: G‘utburg‘, Malmu, Vopsa shaharlaridur. Ikkisining idorasi ham mashruta. Mazhabi — protestant vatili shvedchadur. Mashhur Isqandinaviyo tog‘lari ila Vinar, Vitar va Mular ko‘llari bu mamlakatdadur.
12. Angltara qirollig‘i
Shimoliy Ovrupodag‘i hukumatlarningto‘rtinchisi Angltara qirollig‘idur. Bu mamlakat Bahri muhiti atlasda Britaniyo, Irlandiyo va Shotlandiyo kabi bir necha atalardan iboratdur. Aholisi 42 milyon bo‘lub, aksari protestant mazhabi ila amal qilur. Poytaxti Lo‘ndo‘n shahridur. Mashhur shaharlari: Liverpul, Bermingem, G‘lasqu va Dublin shaharlaridur. Idorasi: mashruta, tili inglizchadur. Oq dengizdag‘i Malta va Qibris atalari ham Angltarag‘a tobe’dur. Mashhur Tayms nahri bu mamlakatda, Lo‘ndo‘n shah-ridan o‘tadur.
13. Donimarqa qirollig‘i
Shimoliy Ovrupodag‘i hukumatlarning beshinchisi Donimarqa (Daniya) qirollig‘idur. Bu mamlakat Boltiq va shimol dengizlari orasinda Islanda, Fivniy, Lolanda, Folstr, Burnho‘lm ismlik bir necha atalar ila Jo‘klanda yarim atasindan iboratdur. Aholisi ikki yarim milyoncha (2500000) bo‘lib, aksari protestant mazhabindadur.
Poytaxti Islanda atasinda Ko‘penxog‘ shahridur. Mashhur shaharlari: Alsinur, Avdonis, G‘orxus, Viburg‘ va Olburg‘ shaharlaridur. Idorasi mashrutadur. Bahri muhiti atlas ila Bahri munjamidi shimoliy orasindag‘i Islanda atasi ham bu hukumatg‘a tobe’dur. Mashhur Haqla yonar tog‘i (vulqoni) Islanda atasindadur.
14. Olmoniya imperato‘rlig‘i
O‘rta Ovrupodag‘i hukumatlarning birinchisi Olmoniya (Germaniya) imperato‘rlig‘idur. Bu hukumatning shimoliy tarafi Shimol dengizi, Donimarqa hukumati va Boltiq dengizi, sharq tarafi Rusiya hukumati va janub tarafi Avstriya va Isvechra hukumatlari, g‘arb tarafi Fransiya, Belchiqo va Flamang hukumatlaridur. Aholisi oltmish milyoncha (60000000) bo‘lub, aksari kato‘lik va protestant mazhablarindandur. Poytaxti Berlin shahridur. Mashhur shaharlari: Franqfurt, Miyunxin, Shtutxardt, Darmshtatd va Hamburg‘ shaharlaridur. Idorasi mashrutadur, tili nemischadur. Olmoniyaning janubida mashhur Kira o‘rmon tog‘lari va bu tog‘lardan chiqub, Qora dengizg‘a quyiladurg‘on mashhur Tuna — Dunay nahri vordur. Shimol tarafinda Boltiq dengizina quyiladurg‘on Visla va Oder nahrlari, shimol dengizina quyiladurg‘on Elba, Vizir nahrlari vordur.
15. Fransiya jumhuriyati
2 nchisi Fransiya jumhuriyatidur. Bu mamlakat shimoliy tarafi Shimol dengizi, Podokla bo‘g‘ozi va Mansh dengizi, g‘arb tarafi Bahri muhiti atlas, G‘osqoniya (Bosqoy) ko‘rfazi, janub tarafi: Fransiyani Ispaniyadan ayirg‘an Pirana tog‘lari, Oq dengiz, sharq tarafi Italiyo, Isvechra, Olmoniyo va Belchiqo hukumatlaridur. Aholisi 39 milyoncha bo‘lub, kato‘lik mazhabig‘a amal qilurlar.
Poytaxti Parij . Mashhur shaharlari: Lion, Bo‘rdu, Marseliyo, Sharburg‘, Hovr, Kola va Ruan shaharlaridur. Idorasi: jumhuriyat, tili fransuzchadur .
Oq dengizdag‘i Ko‘rsika atasi Bahri muhiti atlasida Olorun, Rey, Xilil, G‘urdo, Sen va Udasason atalari Fransiyag‘a tobe’dur. Fransiyadan chiqub, Parijdan o‘taturg‘on mashhur Sen nahri Mansh dengizina quyiladur. Lura, Jirando nahrlari G‘osqoniyo ko‘rfazina, Runa nahri Oq dengizdag‘i Lion ko‘rfazina quyiladur.