YoShLIK AYYoMINING ILK BAHORI
Alisher cho‘kkalab olib xontaxta ustidagi kattakon bir kitobni varaqlab, surat ko‘rib o‘tirar edi. Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan, xayolini shu qadar o‘g‘irlagan ediki, otasi kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. Kichkina Bahodir deb nom chiqargan G‘iyosiddin endi to‘rt yoshga kirgan o‘g‘li Alisherga kulimsirab qarab turdi. «Shul yoshdin kitobga muhabbat qo‘ysa, ulg‘aygach, albatta kitobni ilkidan ayirmay o‘zi bila asrab yurg‘ay», deb o‘yladi ota shiringina, do‘mboq o‘g‘lidan ko‘zini uzolmay.
— Ha, bul yerga yoshurunib olib ne qiladur, desam, kitob ko‘rayotgan ekanlar-da,— dedi G‘iyosiddin piching aralash mehr bilan.
Otasi bu gagshi sekingina, kulib turib aytgan bo‘lsada, Alisher sho‘xlik qilib kattalardan dashnom eshitishdan qo‘rqqan boladek olazarak bo‘lib:
— Dada, mana bul suratni ko‘ring,— dedi. Uning xiyol qiyiq ko‘zlari mo‘ltirar edi. — Maia bul cherik shotidan chiqayotib qulab tushmoqda, qo‘rg‘on ustinda turganlar o‘q otib qulatg‘on chiqarlar. Mana bunisi pastdin turib, qal’a ustidagilarga o‘q uzmoqda.
Otasi o‘g‘lining gapini tasdiqlagandek, bosh irg‘itib, uning qo‘lidan kitobni asta oldi-yu, tokchaga, boshqa kitoblar yoniga qo‘ydi.
— Bul kitobning o‘rni tokchada,— dedi u yasama jiddiylik bilan,— ammo siz kitob ko‘rmoqqa yoshlik qilursiz, yirtib qo‘ysangiz yaxshi bo‘lmas. Ani ikki qo‘y bahosiga sotib olg‘onmen.
— Men kitobni yirtmaymen, avaylab ko‘ramen.
— Aqlli bolasan-da. Tentak bolalarg‘ina ilklariga tushgan kitoblarni pora-pora qiladurlar. Katta bo‘lg‘oningda senga ajoyib kitoblar sotub olg‘aymen. Hozircha… mana buni o‘ynab yur,— G‘iyosiddin kulib, cho‘ntagidai «sopol qo‘chqor» chiqarib berdi. Bola bu g‘alati o‘yinchoqni ko‘rgach, ko‘zlari o‘ynab ketdi.— Qara o‘g‘lim, aning mugizlari qayrilg‘on, suzib olmoqqa hozirlanib turadur.
— Menga bering,— deb bola sakrab o‘yinchoqni uning qo‘lidan tortib oldi,— ani Husayniing qo‘chqori birla urishtirgaymen.
G‘iyosiddin devonxonadan kelib, dam olgandan so‘ng ba’zan qo‘liga kitob olib mutolaa qilar, shunday kezlar Alisher yoniga kelib o‘tirib olar va ovoz chiqarib o‘qishini so‘rar edi. Otasi esa: «Yaxshisi, hikoya aytib beray», deb kitobni yig‘ishtirib qo‘yar va qiziq bir ertakni aytib berardi.
Alisherning tog‘alari: Mirsayid — «Qobuliy» va Muhammad Ali — «G‘aribiy» o‘qimishli yigitlar bo‘lib, forsiy va turkiy tilda she’r yozar edilar. Ular pochchalari G‘iyosiddinnikiga kelganlarida ilmiy, adabiy mavzularda qizg‘in bahs boshlanar va ba’zi kunlari suhbat g‘azalxonlik bilan tugar edi. Alisher xuddi kattalardek tog‘alari yonida o‘tirib, ularning gaplariga quloq solar, she’r tinglar edi. Garchi, u kitobiy so‘zlar va majoziy she’rlarga yaxshi tushunmasa ham, g‘azallarning ohangi, musiqiysidan zavqlanardi.
Katta tog‘asi Mirsayid jiddiy, kamgap, sipo odam edi, kichigi Muhammad Ali esa xushchaqchaq, gapdon yigit bo‘lib, tor va tanburni yaxshi chalar, o‘z suhbati bilan majlisga jon kirgizar edi. Bir kuni u yaqindagina yozgan bir g‘azalini o‘qib berayotganida jiyani Alisherning diqqat bilagg quloq solayotganiggi ko‘rib, hayratda qoladi.
— Nevchun ajablanursiz?— dsydi G‘iyosiddin shoir qaynisiga,— Alisher ko‘cha-ko‘yda bolalar bila o‘ynab yurib, tojik tilin o‘rganib olg‘on, onasi forsiy, turkiy g‘azallarni o‘qig‘onda quloq berib o‘tiradur va ba’zi matla’larni yoddan o‘qib beradur.— U o‘zining o‘tkir ko‘zlarini togasiga tikib o‘tirgan Alisherga yuzlanib dedi: — Qani, o‘g‘lim, shoir Qosim Anvor ne debdur?
Alisher qo‘ng‘iroqdek ovozi bilan dona-dona qilib shu matla’ni o‘qidi:
Rindemu oshiqemu jahonso‘zu joma chok,
Bo davlati g‘ami tu fikri jahon chi bok?
(Biz beparvo oshiqlarmiz, yirtiq chopon, o‘t iafas,
Jahon g‘ami sening g‘amingga arzimas.)
Muhammad Ali ko‘zlarini katta ochib jiyanining she’r o‘qishiga quloq solib turdi-da, keyin kulib yubordi.
— Ofarin, kichkina darvesh,— dedi u jiyanining orqasiga qoqib qo‘yib.— Beparvo, rind oshiqlardanmiz degin. O‘t nafas bo‘lsang dog‘i, yirtiq chopon bo‘lma.
— Qosim Anvorning she’rlari mag‘zini bola ermas, kattalar ham chaqa bilmaydurlar, ammo ulug‘ shoirning otashin nafasidin bul go‘dak bolaning yuragiga bir alanga tushibdir,— dedi Mirsayid.— Iloyo, yomon ko‘zdin asrasin.
So‘z aylanib shoir Anvor ustiga kelib to‘xtadi.
— Mavlono Qosim Anvor asli ozarbayjonlik erurlar, — dedi Mirsayid. — Sarob otlig‘ kentda tavallud topibdurlar. Yigitlik apyomida Sadriddin Ardabiliyga murid bo‘lib, so‘fiya mazhabiga doxil bo‘lmishlar. Pirining maslihati bila Xuroson keldilar. Uzoq muddat Samarqand borib turdilar. El alarga ixlos qo‘yib, she’rlarin o‘qimoqqa rog‘ib bo‘ldi. Umrlariiing oxirida Jom viloyatiga kelib qoldilar. Bundan o‘n ikki-o‘n uch yil muqaddam vafot toptilar.
Navoiy katta tog‘asining ba’zi gaplariga uncha tushunmasa ham, uning gapini diqqat bilan tinglab o‘tirar edi. Samarqand shahrining nomini eshitganda: «Ul ulug‘ shahar bo‘lsa kerak», deb o‘yladi.
— Sen ulgayg‘onda Jom viloyatiga borib, Mavlono Qosim Anvorning maqbaralarini ziyorat qilib, qabri poklarini supurib kelmog‘ing lozim,— dedi Muhammad Ali.
— Albatta, borgaymen, ilkimga kichik bir jorub olib, qabrlarini supurib kelgaymen,— dedi Alisher ko‘zlarini chaqnatib.
— Nevchun kichik jorub, sen ulg‘ayg‘ganingda borg‘oysen axir.
Doimo kichikligimcha qolaman deb o‘ylagan norasida bolaning gapidan tog‘alari miriqib kulishdi.
— Yazna, har kim oldida Mavlononing o‘shul she’rini Alisherga o‘qitmang, ko‘z tegadur,— dedi Muhammad Ali.
Kichkina bahodir bid’at va xurofotdan yiroq, sog‘lom fikrli kishi edi, shu sababdan qaynisining bu gapiga parvo qilmadi. Uyiga yaqin do‘stlari kelganda u Alisherga Qosim Anvorning o‘sha she’rini o‘qitar, mehmonlar esa hayratda qolib, bosh chayqaganlarida zavqlanib kulardi.
Bir kuni G‘iyosiddin beshik quchoqlab o‘tirgan xotiniga:
— Alisher to‘rt yoshg‘a to‘lib, beshga qadam qo‘ydi, ani maktabga berali,— deb qoldi.
— Hali yoshlik qilmasmikin?— dedi Alisherning onasi kirtaygan, horg‘in ko‘zlarini ko‘tarib. Uning emizikli bolasi Darvishali juda yig‘loqi bo‘lib, tinka-madorini quritar edi.
— Bola o‘tkir zehnli, tez idrokli. Bekor yurgandin ko‘ra harf o‘rgansin. Erta shanbadin boshlab Husayn bila birga maktab borsin.
— Ixtiyor sizda, menga qolsa…— ayol gapini tugatolmadi, beshikdagi Darvishali chirqirab, ona suti talab eta boshladi.
Husayn Temurning avarasi Mansur binni Boyqaroning o‘g‘li edi. Husaynning bobosi Mirza Boyqaro zamon podshosi Shohruxga qarshi isyon qilgani sababli qatl ettirilgan, uning o‘g‘li Mansur ham keyinchalik nazardan qolib, davlat ishlariga aralashmay qo‘ygan edi. Lekin Husayn g‘ayratli va zehnli ekanini ko‘rib, otasi qo‘lidan ketgan davlat qushini qaytarib olishni umid qila boshladi. Mansurning o‘g‘li haqiqatan ham yurakli, kattalardan ko‘p tortinmaydigan, sog‘lom, shijoatli bola edi.
— O‘g‘lingiz axir bir kun yurtg‘a bosh bo‘ladur, ko‘zlaridin ma’lum,— der edilar Mansurning yaqinlari, xipcha bel, yag‘rini keng, qirg‘iz qovoq Husaynga qarab.
— Iloyo, aytganingiz kelsin, yaxshi niyat — yorti mol,— derdi otasi.
Alisher arab harflari yozilgan taxtani qo‘ltiqlab, o‘zidan ikki yosh katta Husayn bilan birga maktabga borib-kelib yurdi. Tez orada harflarni yod olvoldi. Maktabdan ozod bo‘lgandan keyin, ba’zan Husaynning uyiga borib o‘ynab kelardi. Hirotliklar Boyqarolarning Xiyobon mahallasidagi ikki qavatli uyini, negadir, «Davlatxona» deb atar edilar, holbuki, uy egasi Hirotda xususiy kishilar qatorida yashar edi.
Alisher ba’zan Husaynga ergashib, shahar tashqarisidagi Gozurgohga chiqardi. Tog‘ etagida bir talay bolalar qator tizilib, baravariga o‘q otar edilar. Alisher bu manzarani ko‘rib, kitobda ko‘rgan suratlarni eslardi. Qayerda bo‘lmasin uning es-hushi kitoblarda edi.