Ulug‘bek! Ulug‘bek! Men — birinchi. Qalay eshityapsiz? Qabul.
— Birinchi! Birinchi! Men — Ulug‘bek! Sizni yaxshi eshityapman. Nima yangiliklar bor? Qabul.
— Nur tarqatayotgan nuqta ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
— G‘oyib bo‘ldi?.. Nega? Qachon?
— Bir necha daqiqa avval men sayyora atmosferasiga kirdim, nurlanayotgan nuqta tepasida bir zum to‘xtab, kemani to‘g‘ri kursga oldim, keyin pastlay boshladim Ikki yuz metr ham tushishga ulgurmagandim, nurlanish birdan yo‘qoldi.
— Hozir ostingizda nima ko‘rinyapti?
— Hozir kema quyuq bulutlar qurshovida. Telelokatorlar hech qanday ish bermayapti.
– Birinchi! Nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Bulutlar qatlamining qalinligi bizga noma’lum. Sizni qurshab olgan tuman sayyora sathigacha cho‘zilgan bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas.
– Ulug‘bek! Qema bulutlar qatlamini yorib chiqdn. Balandlik 15000 metr. Sayyora sathini ko‘ryapman. Jigarrang va alvon ranglarni ajratsa bo‘ladi. Eh, yuragim hovliqib ketyapti! Shubhasiz, sayyora yuzasi quyuq o‘simliklar bilan,o‘ralgan. Telelokatorlar yo‘nalishini boya nur tarqatgan nuqtaga to‘g‘rilayapman.
Jimlik.
— Birinchi! Birinchi! O‘zi nima gap? Javob bering! O‘sha zahoti razvedkachi-fazogir Davron Sharipovning hayajonli, ayni paytda sevinchga to‘la ovozi yangradi: .
– Ulug‘bek! Sun’iy qurilma ko‘ryapman! Balandlik ming metr. O‘lay agar sun’iy qurilma ko‘ryapman!
– Xovliqmang, birinchi, xovliqmang. Uni tasvirlab bering.
– Tagimda, yanglishmasam, shahar yastanib yotibdi.
O‘zga sayyora shahri! Nihoyatda yuksak qilib qurilgan to‘g‘ri formadagi tsilindrlarni ko‘ryapman. Asosining diametri taxminan yuz metrga teng bu inshootlar turar joy binolari bo‘lsa kerak. Har bir tsilindr tepasida gorizontal yo‘nalishda va turli balandlikka ega spiralsimon “butoqlar” bor. Ularning havoda muallaq turgan eng chekka qismy qalin mis likopchani eslatadi. Binolar yigirma-o‘ttiztadan alohida-alohida joylashgan. Har bir guruh markazida boshqacha shakldagi — sharsimon, prizmasimon, to‘g‘ri burchakli qurilmalarni ham ko‘ryapman. Chor-atrof o‘t-o‘lan, dov-daraxtlar bilan o‘ralgan. Albatta, agar qizil va jigarrang bargli bahaybat o‘simliklarni daraxt deb atash mumkin bo‘lsa. O‘simliklar binolarning devor va pastki “butoqlari”gacha chirmashib ketgan.
— Birinchi! Nurlanayotgan nuqta o‘rnida nima ko‘ryapsiz?Diametri ikki-uch kilometrga teng qoramtir doirani ko‘ryapman. Yanglishmasam, bu mening nigohim qamray sholishi mumkin bo‘lgan butun maydondagi o‘simliklardan holi yagona joy. Eh, jin ursin! — Nima gap birinchi!
— Kechiring, o‘rtoq polkovnik. Og‘zimdan chiqib ketdi. Balandlik ikki ming metr. Menga eng yaqin binoning ko‘p joylari… shikastlanganga o‘xshaydi!
— Shikastlanish qanday xarakterda?
— Bu savolga javob berish uchun binoga yaqinroq borishim kerak. Yonlama tortuv dvigatelini ishga solyapman.
— Birinchi! Ehtiyot bo‘ling! Gravitatsion va maydon himoyasi qurilmalari ishini yana bir tekshirib chiqing. Oraga yana jimlik cho‘kdi. Ko‘p o‘tmay, tag‘in Davron Sharipovning hayajonli, ayni paytda havotir aralash ovozi eshitildi:
— Ulug‘bek! Men —birinchi! Spiral shakldagi bino qoshidaman. Bino nihoyatda qalin va tartibsiz o‘sgan yovvoyi o‘simliklar qurshovida. Uy burchaklari nurab ketgan, devorlarida katta-katta yoriqlar va chang bosgan teshiklar bor. Yaqin atrofdagi boshqa binolar ham xuddi shu ahvolda. Agar bu shahar bo‘lsa, u — tashlandiq, o‘lik shahar!
— Birinchi! Shikastlanish harbiy harakatlar natijasida yuzaga kelgan, deb taxmin kilish mumkinmi?
— Yo‘q! — qat’iy javob berdi Sharipov. — Yo‘q! Menimcha, binolar vaqt o‘tishi bilan shu ahvolga tushgan. Ularni ko‘p yillik chang qatlamlari bosgan. Men yaqin kelishim bilan qandaydir mayda jonzotlar to‘dasi “guv” etib teshik va yoriqlardan chiqib, binoning orqasiga o‘tib ketishdi…
— Birinchi! Darhol qoramtir doira nimadan iboratligini aniqlang.
— Xo‘p bo‘ladi!
Jimlik.
— Ulug‘bek! Men — Birinchi! Doira ustidaman. U chor-atrofini mazkur planetaga xos qalin o‘simliklar o‘ragan oddiy maydon ekan. Ammo maydon ichi o‘simliklardan xoli.
— Unda biror maxsus qurilma ko‘rinmaydimi?
— Yo‘q.
— Maydonning relefi qanday?
— Tekislik. Xuddi yaqinda tekislab chiqilganga o‘xshaydi.
— Ariqlar yo‘qmi?
— Yo‘q. Lekin o‘rtasi bir oz ko‘pchibroq turibdi, O‘rtoq komandir, menda bir taklif bor.
— Ayting?
— Doira o‘rtasiga qo‘nishimga ruxsat bersangiz. O‘shanda ajoyib obzorga ega bo‘laman, lozim bo‘lsa, darrov uchib ketishga ham ulgiraman, Analizatorlar havoni tekshirib chiqishdi. Hammasi joyida. Radiatsiya yo‘q,
Uncha uzoq bo‘lmagan jimlik. Keyin “Ulug‘bek” yulduzkezar kemmasi komandirining qat’iy ovozi yangradi:
— Qo‘nishga ruxsat!
Ziyo yulduzidan birinchi signal Pluton yaqinidagi kosmik zondlardan biri yordamida qabul qilindi. Aytish kerakki, bir necha asr davomida zondlar fazoni uzluksiz tintishar, biroq biror natijaga erishganicha yo‘q edi.
Mana, nihoyat, birinchi signal — o‘zga dunyo tsivilizatsiyasidan ilk xabar olindi. Birinchi signaldan keyin ikkinchisi, so‘ngra ma’lum vaqt oralig‘ida boshqalari qabul qilindi. Hamma signallar bir xil, ma’lum. tartibda yuborilmoqda, ularning sun’iy usulda yuzaga keltirilayotgani esa aniq edi.
Fazo lingvistlari darrov qabul qilingan signallarni matritsa formasida yozib olib, aniqlashga kirishishdi. Biroq matritsalarda aks etdirilgan belgilarning asl ma’nosini aniqlashga kelganda fikrlar bo‘lindi.
Matritsadagi signallar ikki guruhga bo‘lingan edi. Birinchi guruhda yetti sayyoradan iborat qandaydir yulduz sistemasi ifodalanib, ulardan ikkinchi sayyora alohida ajratib ko‘rsatilgandi. Keyin sayyorada istiqomat qiluvchi mavjudotlar, o‘simliklar, ba’zi kimyoviy elementlar va qator matematik funktsiyalarning shartli belgilari aks etdirilgandi.
Ikkinchi guruh belgilar ham birinchisining deyarli aniq nushasidan iborat edi. Belgilar birinchi guruhdagiday ketma-ket va ma’lum vaqt oralig‘ida uzatilgandi. Ularda birgina farq bo‘lib, birinchi guruhdagi tirik mavjudotlarning tasviri tushirib qoldirilgan edi.
O‘sha ondayoq, nimadadir yanglishilgan, degan taxmin paydo bo‘ldi. Aftidan, belgilarning joylarini almashtirish, ya’ni matritsani teskarisiga o‘qish lozim edi. U holda birinchi o‘ringa tirik mavjudotlar aks etdirilmagan guruh chiqardi va go‘yo Ziyo tsivilizatsiyasi ana shu usulda sayyorada hayot paydo bo‘lgani haqida axborot bermoqchi edi.
— Yo‘q,— deya qat’iy e’tiroz bildirishdi fazo lingvistlari.— Matritsani faqat bir xil usulda tuzish mumkin. Hozir qanday yuzaga keltirilgan bo‘lsa, xuddi shunday holda. Uni teskarisiga o‘qishga intilish to‘la ma’nosizlikka olib keladi, chunki bu holda hamma belgilar o‘z yacheykalaridan turli kattalikda siljiydi va butun tasvir sochilib ketadi. Matritsaning formasi haqida ortiqcha gap yuritishning sira hojati yo‘q. Olingan natijani izohlash lozim.
Bahslar avj oldi, yangi taxmin va gipotezalar o‘rtaga tashlandi. Asosiysi esa, yerliklar, nihoyat, poyonsiz koinotda yolg‘iz emasliklarini uzil-kesil bilib olgan edilar.
Uch, asr avval insoniyat Quyosh sistemasidan tashqariga chiqdi. Eng yaqin yulduzlarning chor-atrofi sinchiklab o‘rganildi.
Vaqt o‘taverdi. Yulduzlar sari uchish mislsiz tezlikda rivoj topdi. Koinotda o‘ta yuqori tezlikda harakatlanishning yangi usullari kashf etildi. Inson olis yoritgichlar sari dadil qadam qo‘ydi. Biroq hamma joyda u so‘nib borayotgan va sathi muzlagan geliydan iborat ulkan kosmik sayyoralar yoki endigina tug‘ilayotgan olovli, shiddatkor dunyolarga duch keldi.
Odam o‘zi kabi odamlar bilan muloqat qilmasdan yolg‘iz yashay olmagani kabi, yaxlit tsivilizatsiyalar ham o‘z taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida o‘zaro muloqat qilish uchun o‘tkir ehtiyoj sezishadi. Keyin olis fazolarni tadqiq qilishga kirishishdi…
Ziyodan kelgan sirli signallarning ulkan quvonch va o‘ta ko‘tarinki kayfiyatda kutib olinganligining boisi ham ana shunda edi. Darrov yulduzlararo uchishga hozirlik ko‘rila boshlandi.
Mana, nihoyat, yulduzkezar “Ulug‘bek” kemasi Ziyo yulduzi orbitasida aylanuvchi ikkinchi sayyora yaqinida.
Odatda yulduzkezar kemalar sayyoralarga qo‘nishmas edi. Ular fazoda ma’lum orbitada manevr qilib yurishar, uning ekipaji esa, maxsus planetoletlarda yulduzkezar kema va o‘rganilayotgan sayyora o‘rtasida qatnab ish olib borishardi. Sayyoraga birinchi bo‘lib razvedkachi fazogir otlandi.
«Ulug‘bek»da razvedkachilik vazifasi toshkentlik yosh fazogir Davron Sharipovga topshirilgan edi.
Kema Ziyoga yaqinlashayotganidayoq sayyora yuzasida nurlanayotgan dog‘ aniqlangan edi. Sayyorani o‘rab olgan qalin bulutlar eng sezgir lokatorlarga ham pand bergan va nurlanayotgan nuqta yagona mo‘ljal bo‘lib xizmat qilayottan edi.
Biroq… kutilmaganda u qayoqqa yo‘qolgan bo‘lishi mumkin?
— Ulug‘bek! Men — Birinchi! — doklad qildi Davron Sharipov sayyoraga qo‘ngandan keyin bir necha minut o‘tgach.— O‘rmonda qandaydir harakat boshlandi.
— Aniqroq gapiring, nima harakat?
— Daraxt tanalari orasida g‘alati soyalar g‘imirlayapti, shoxlar silkinyapti, eng asosiysi, go‘yo ulkan fillar podasi quruq shox-shabbalarni bosib, yanchib ke-layotganday qattiq shovqin eshitilyapti.
— Buning sababi kuchli shamol emasmi? YoKI biror mahalliy quyun ko‘tarilgandir?
— Balki. Ammo… Yo‘q, bu shamol emas, albatta. Daraxtlar orasidan qandaydir qora massa sudralib chiqyapti. U sekin-asta men tomonga kelyapti.
— Birinchi! Tezlik bilan uchib ketishga shay turing.
Himoya maydoni kuchlanishini oshiring.
— Tushunarli. Ammo bunga hozircha hojat yo‘q. Massa negadir harakatdan to‘xtadi. Undan ingichka tarmoqcha ajralib chiqib, katta tezlikda planetolet sari kelayapti. Mana, endi aniq ko‘ryapman… Ha! Bu yoqqa, yanglishmasam, yo qo‘ng‘iz, yoki chumolilarning zich to‘dasi jadal yurib kelyapti!
— Ularni durustroq tasvirlab bering.
— Oldindagi qo‘ng‘izning orqa tomoni yarim aylana shaklida, ustida uchta oq doira bor. Oltita oyoq yoki qo‘l yordamida harakatlanadi. Bosh o‘rnida kichikroq yarim sfera joylashgan, undan uzun mo‘ylovlari chiqib turibdi.
— Uning kattaligi qanday?
— Uzunligi bir metrga yaqin. Balandligi qirq santimetrcha. Yurganida bu o‘lcham bir oz kattalashadi. Tanasi jigarrang tusda, oyoq-qo‘llari qop-qora. Ularda ikkitadan bo‘g‘in bor. Oyoq-qo‘llar pastroqda yo‘g‘onlashib, yapaloq shaklda tugallangan.
— Afsuski, biz olti oyoqli qo‘ng‘izlarni sizga qo‘shilib tomosha qilish imkoniga ega emasmiz. Nurlanish berganimizga qaramay, bulutlar qatlami haligacha tar-qalmadi, telelokatorlar hamon jim…
— “Ulug‘bek!” Menimcha… qarshimdagilar biror mahluq yoki hasharot emas.
— Nima uchun?
— Sayyora atmosferasining sostavi bu yerda tez-tez kuchli chaqmoqlar chaqnab turishidan dalolat beryapti. Demak, hayvonlar yashin va u bilan bog‘liq xavfni yaxshi bilishadi. Negaki, men qo‘nayotganimda tormozlash dvigatelidan foydalanib, xiyla uzoq muddat kemaning tagidan pastga olov purkab turdim. Lekin men ularda olovdan qo‘rqqanlik alomatlarini payqamadim. Bu — hayvonlarga xos bo‘lmagan xislat. Buning ustiga, bu, albatta, sub’ektiv mulohaza, menga qo‘ng‘izlarning harakati haddan tashqari oqilona tuyulyapti. Hayvonlar yurganda o‘z energiyasini bunchalik aniq hisob-kitob bilan sarflay olmaydi.
— Mabodo, qarshimda aqlli mavjudotlar turibdi, Deb aytish niyatingiz yo‘qmi?
— Bunday deb taxmin qilinsa ham, menimcha, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Men har xil tsivilizatsiya vakillari bir-biriga ikki suv tomchisiday o‘xshashi kerak, degan nazariya tarafdori emasman. Men jigarrang qo‘ng‘izlarning oliy aqlga ega ekaniga ishonishim mumkin. Biroq u holda tashlandiq shaharni qanday izohlashni bilmayapman.
— Biz hali, biriichi, ko‘p narsalarni izohlashimiz kerak!
— Yana: kichkina qo‘ng‘izlar uchun spiral shakldagi bahaybat binolar nima uchun zarurligi ham muammo…
— Xo‘sh, u holda yana qanday taxmin qilishimiz qoldi?
— Menimcha, ular mashinalar. Yoki robotlar. Yo bo‘lmasa, kiberlar.
— Olti oyoqli kiberlardan qanday naf bor?
— Bu sayyora uchun xuddi shunday kiberlargina ish bera oladi. Atrofimdagi changalzorlarni bir ko‘rganingizda edi! G‘ildiraklar yordamida ular orasida yurish mutlaqo mumkin emas. Faqat qadam tashlab yuruvchi kiberlargina amal-taqal qila olishi mumkin. Qadam tashlab yuruvchi mexanizm uchun esa, oyoqlarning optimal soni, o‘zingizga ma’lum, oltita bo‘lishi kerak.
— Sizningcha, robot-qo‘ng‘izlar planetaning changalzorlar bilan qoplanishini avvaldan bilib yaratilgan ekan-da?
— Men bunday deb qat’iy tasdiqlamoqchi emasman, Biroq bir vaqtlar insoniyat tomonidan yaratilgan kiberlar o‘z-o‘zlarini sozlab, yana takomillashib, boshqatdan bunyodga kelishgan va birdaniga odamzodni yo‘q qilib tashlagan, deya taxmin qilish nega mumkin emas ekan? Ana unda hammasi tushunarli bo‘ladi: tashlandiq shahar, changalzorlar, manavi mavjudotlar to‘dasi…
— Nima tushunarli bo‘ladi? Signallar-chi?., Yaqindagina nur taratgan nuqta-chi? Axir u bir necha soat davomida bekorga nurlanmagandir? Bu kimdir o‘zi haqida bildirmoqchi bo‘lganidan dalolat bermaydimi? O‘zingiz qo‘ngan qora doira haqida nima deya olasiz?
— Menda hozircha boshqa taxminlar yo‘q… Diqqat! Jigarrang massa yana harakatga keldi. U, boya aytganimday, qo‘ng‘izlarning tig‘iz guruhi ekan. Ular oldin-gi qo‘ng‘izlar tuzgan ikki yo‘lning narigi chekkasiga “oqib” kelishyapti. Boyadan beri eshitilayotgan noaniq shovqin birdan quloqni qomatga keltiruvchi qasir-qusurga aylandi. Nima bo‘lyapti o‘zi? Jigarrang massa olg‘a intilib, go‘yo o‘rmonni bir chekkadan yamlayotganday orqasidan yo‘l ochib ketyapti!
Tag‘in jpmlik cho‘kdi.
— Aql bovar qilmaydi! Bizning magistral shosselardan qolishmaydigan katta yo‘l bir necha minut ichida o‘rmon ichiga shu darajada kirib ketdiki, jigarrang massa, hatto, ko‘rinmay qoldi. Qarshimda tizilgan qo‘ng‘izlarning ikki safining oxiri yo‘l boshiga borib taqaldi… Yo‘l boshida qandaydir qora nuqta ko‘rindi.U men tarafga quyunday tezlikda uchib, tobora kattalashib ko‘rinyapti. Mana, u oldimdagi maydonga yetib keldi. Kemadan qirq metrcha narida to‘xtadi. Bu… bu havo yostiqchalari yordamida harakatlanuvchi oddiy arava ekan. Unda momiqsimon oppoq bir nima yotibdi. Aftidan, meni mehmonga taklif qilishayotir… Ulug‘bek!..
Javob bo‘lmadi.
— Ulug‘bek! Ulug‘bek!..— Davron Sharipov bir necha minut baqirib, mikrofonni silkitib ko‘rdi. Biroq yana hech qanday javob bo‘lmadi. Negadir aloqa uzilib qolgan edi.
Oldindagi qo‘ng‘izlar harakatga kelishdi. Ular arava oldida to‘planishib, torgina yo‘lakcha hosil qilishdi. “Nima bo‘lyapti o‘zi?” — o‘ylardi Davron ularning harakatini kuzatarkan.— Ulug‘bekka hech nima qilmagan, albatta, yulduzkezar kema sayyoradan ancha narida, buning ustiga kuchli quvvatli himoya maydoni bilan ta’minlangan”.
U o‘rnidan turdi, asbob-uskunalarga to‘la tor kabinada uyoqdan-buyoqqa yura boshladi.
Balki aloqa uzilib qolgani qaytanga yaxshi bo‘lgandir? Endi u yuzaga keluvchi har qanday vaziyatda o‘zi mustaqil qaror qabul qila olish huquqiga ega. Uch asr! Uch asr davomida odamzod fazoda o‘z aqlli qardoshlarini qidiradi. Kim biladi, balki shlyuz-kameragina olis Yer vakilini orzu qilingan tarixiy uchrashuvdan ajratib turgandir?
Sharipov o‘zining mahalliy oliy aql egalariga qirg‘in keltirgan qo‘ng‘izlar haqidagi taxminiga o‘zi ham ishonmagan, u sayyoradagi sirli hodisalarga izoh qidirayotgandi, xolos. Izoh hozircha yo‘q, biroq signallar ham, yorug‘ tarqatgan nuqta ham, g‘alati bulutlar ham, hammasi kimdir tomonidan umumiy bir ip bilan bog‘langanday edi Davron Sharipov yana bir marta efirga chiqib, aloqa o‘rnatishga o‘rinib ko‘rdi. Biroq hech qanday javob ololmadi. Shunda u skafandrini kiydi, lazer-avtomatni qo‘lida bir aylantirib ko‘rib, yana joyiga qo‘ydi. Keyin o‘zi bilan bir necha kislorod balloni olib, shlyuz-kamera sari yo‘naldi.
Oyoqlari ostidagi tuproq nihoyatda yumshoq, u xuddi prujinadek bosilib, oyog‘ini olishi bilan yana ko‘tarilib qolardi. Sharipoz bu buyuk daqiqalarga mos tantanali bir gap aytmoqchi edi, buning o‘rniga birdan qo‘ng‘izlarga qarab:
— Hey! Sizlar tishlamaysizlarmi? — deb so‘radi.
Qo‘ng‘izlar sukut saqlab turishardi.Yigit xuddi es-hushini yo‘qotganday, hech qayoqqa qaramay, tor yo‘lakdan qo‘ng‘izlarning mo‘yloviga tegar-tegmas bo‘lib, arava tomonga yurdi.
Arava unchalik baland emas, bir metrcha kelardi. Bir necha zina uning platformasiga olib chiqdi. Davron momiq deb o‘ylagan narsa momiq emas edi, albatta. Uning tizallarigacha botib kirgan oyoqlari bu oppoq material orasida bemalol harakat qilardi. U oyog‘i ostidagi g‘alati matoni ushlab ko‘rgisi keldi, lekin skafandr qo‘lqoplari bunga imkon bermadi.
Birdan uning o‘tirgisi keldi. U cho‘kkalamoqchi edi, biroq, kutmaganida qulay va yumshoq kresloga o‘tirayotganini his qildi. U orqasi bilan kresloga suyaldi, tirsaklar yumshoq tirgagichlarga tiraldi. U momiqsimon material bilan o‘ralgan kresloning shaklini aniqlashga intilib, qo‘lini pastga yuborgan edi, bo‘shliqdan boshqa hech nimani topmadi.
U o‘zini nihoyatda yaxshi his qilib, xotirjmlik og‘ushiga cho‘mdi. Oyoqlarini uzatib yubordi, rohatlanib kerishib, ko‘zlarini yumdi. Uyqu aralash yengil shovqin eshitdi: arava joyidan jilgan edi.
Davron ko‘zini ochganda, atrof yarim qorong‘ilik og‘ushida edi. U hamon aravada oppoq momiqsimon materialga botib yotardi. Arava devorlari jigarrang kublardan tashkil topgan tor va uzun koridorda turardi. Har bir kubning yon tomonida matritsa shaklida joylashgan ko‘plab teshikchalar mavjud edi. Ba’zi teshikchalar o‘zidan qizg‘ish nur taratib turardi. Davronga ship ko‘rinmas, biroq yopiq bino ichidaligini aniq sezib yotardi.
U kutilmaganda o‘ziga kelib, keskin o‘rnidan turdi-da, polga sakrab tushdi. O‘sha zahoti tepadan yoqimli, uncha yorug‘ bo‘lmagan nur taraldi. Arava yengil sirpanib, koridor bo‘ylab nari ketdi. Past, xotirjam, ayni paytda yoqimli ovoz eshitildi:
— Xavotirlanmang. Siz har qanday xavfdan xolisiz.
— Men qayerdaman?
— Siz Kibernetik Markazning bosh pultidasiz.
— O‘zingiz kimsiz?
— Kibernetik Markazning tovushga taqlid qiluvchi modulyatori.
— Siz bizning tilimizni qayerdan bilasiz?
— Markaz uchun sizning tilingizni o‘zlashtirish qiyin bo‘lmadi. Ajablanarlisi shundaki, sizlar haligacha telepatiyani o‘zlashtirib olmay, har biri ma’lum
ma’noga ega bo‘lgan “so‘zlar” deb ataluvchi tovushlaryig‘indisi yordamida o‘zaro muloqat qilar ekansizlar.Tilingizni to‘la o‘rganish uchun Kibernetik Markazga Igsizning yulduzkezar kemadagilar bilan gaplashgan so‘zlaringiz yozib olingan plyonkani bir necha daqiqa analiz qilib chiqish kifoya qildi.
— Ulug‘bekka nima bo‘ldi? Nima uchun aloqa uzilib qoldi?
— Yulduzkezar kemangiz mutlaqo xavfsizlikda.To‘g‘ri, ekipaj yana bir necha soat siz haqingizda hech qanday xabarga ega bo‘lmaydi. Buning sabablarini sizga keyinroq bildiramiz.
— Mening kema bilan aloqa qilishimga kim monelik ko‘rsatdi?
— Kibernetik Markaz.
— Siz nima uchun hadeb Kibernetik Markaz haqid gapiryapsiz? Uning bunyodkorlari odamlaringiz qani?
— Sayerada odamlar yo‘q. Hamma odamlar o‘lib ketishgan.
— Nima-nima? Qanaqasiga?..
— Buyuk O‘lim Asrida hammasi halok bo‘lishgan.
— Buyuk… O‘lim… Asrida?..
— Ha.
— Hammasi halok bo‘lishgan, deysizmi? Hammasi-ya? Eng so‘nggi odamgacha-ya?..
— Hozir hammasini o‘zingiz ko‘rasiz.
Tepadan tushayotgan mayin havorang nur so‘ndi, lekin o‘sha zahoti ko‘zni qamashtiruvchi yorqin qizg‘ish nur paydo bo‘ldi. Davron jigarrang, tekis polda kublarning jilvalanayotgan va uzluksiz o‘chib-yonayotgan tuynukchalariga tikilgancha, hamon qotib turar ekan, kutilmaganda o‘zini qorong‘i va yoysimon tonnel bo‘ylab uchib ketayotganday his qildi.
Qo‘qqisdan… uning nigohi ostida yana shahar ko‘rindi. Yana o‘sha spiralsimon baland binolar, prizmalar, sharlar… Lekin bu endi o‘lik va tashlandiq emas, balki hayot gurkirab yashnagan, nur va gullarga to‘la shahar edi.
Ba’zi binolar o‘zaro tomchisimon avtomobillar qatnayotgan katta yo‘llar bilan tutashgan. Osmonda uchayotgan turli-tuman shakldagi apparatlar ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha harakat qilar, aftidan, ular shaharning asosiy transporti vazifasini o‘tardi. Davron uchuvchi apparatlar binolarning gorizontal “butoqlari”dagi “likoplar”ga qo‘nishayotganini payqadi.
Biroq shahar qanchalik g‘aroyib bo‘lmasin, Davronning e’tibori hozir unda emas edi.
Uning ko‘zi pastdagi, eng yaqin tsilindr asosidagi odamlarga tushgan, biroq ular uzoqda bo‘lganlari uchun qomatlari va yuz tuzilishlarnni ko‘rolmay fig‘on bo‘layotgandi. Qani endi ularni yaqindan ko‘rishning iloji bo‘lsa.
Bu narsa xayoliga kelishi bilan, birdan ziyolik qarshisida paydo bo‘ldi.
Ziyolikning boshi tuxumsimon shaklda edi. Ko‘zlari — yerliklarnikiga nisbatan o‘zaro ancha uzoqda joylashgan va do‘ppayib chiqqan qorachig‘lar unga ayni bir paytda butun chor-atrofni ko‘rish imkonini berardi. Ehtimol, shuning uchun bo‘lsa kerak, ziyolikning bo‘yni ancha sust harakatlanar, buning ustiga, u nisbatan kalta va yo‘g‘on ko‘rinar — bosh to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanaga tutashib ketganday tuyulardi. Ochiq qo‘llari, tanasining terisi xuddi yuziniki kabi mayin va silliq edi.
Keng va yapaloq burni peshanasidan boshlanib, yuzining o‘rtasida birgina yoysimon teshik bilan tugagandi; Aftidan, burun ziyoliklar organizmi uchun yana qandaydir boshqa, alohida vazifani ham o‘tardi. Lablardan deyarli xoli bo‘lgan og‘zi esa xiyla katta bo‘lib, ikki chekkasida eshitish organlari — qopqoqsimon plastinkali ikki teshik joylashgandi.
Ziyolikning bo‘yi sayyoraning gravitatsion kuchiga mos — to‘rt metrcha edi. Barmoqlardan holi qo‘llari ikki qizg‘ish so‘rg‘ichlar bilan tugallangandi. Davronga uning qo‘l va oyoqlari suyaksizday tuyuldi. Ehtiyojga qarab ular katta va kichik radiuslar bo‘yicha bemalol egila olardi.
Qo‘ng‘izlar qatori ilk paydo bo‘lganida, ularningaqlli mavjudotlar toifasiga kirishi haqida bahs qilish mumkin edi. Biroq hozir hammasi hech qanday bahssizoq, ravshan edi. Zotan ziyolikka bir qarashningzidayoq unda uzoq asrlar mobaynidagi murakkab taraqqiyot jarayonida yuzaga keluvchi fikrlovchi mavjudotga xos hamma sifatlar — aql, farosat, bahodirlik, ko‘tarinki ruh, olijanoblik, yumor va hokazolarni payqab olish sira qiyin emasdi. U qomatdor, xushbichim va bahodir edi. Yer o‘lchamlari mezoni bo‘yicha emas, albatta. Biroq unga tikilarkan, Davron shakllar mukammalligining naqadar xilma-xil bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab, koinotning ko‘rinishi turli-tuman, ammo kelishgan va bahodir odamlari bilan faxrlana boshlagandi.
— Axir ular halok bo‘lishgan-ku! — birdan hushiga keldi Davron.—Bu to‘rt metrlik odamlar Galaktikada butkul yo‘q bo‘lib ketishgan! Ular qanday falokatga yo‘liqishgan ekan?
Shu zahotiyoq fazogir o‘zini katta prizma shaklidagi bino ichida, to‘g‘rirog‘i, bino xonalaridan birida ko‘rdi. U qandaydir ilmiy laboratoriyaga kelib qolgani aniq edi. Xonani har xil rangdagi suyuqliklar solingan turli yaltiroq shisha idishlar, asbob-uskunalar to‘ldirgandi.
Xo‘mraygan qiyofali qomatdor bir ziyolik qandaidir kolbani chayqab ko‘rayotgandi. Keyin u yaltiroq datlastinka oldi, unga kolbadagi suyuqlikdan bir tomchi tomizdi-da, mikroskopsimon apparat ostiga qo‘ydi. Bir necha minut qimir etmay turdi, nihoyat, jur’at qilib okulyarga qaradi. U mikroskopdan boshini ko‘targanida, boyagi kayfiyatidan asar ham qolmagandi. U esi og‘ib qolganday kula boshladi, keyin qo‘shiq boshlab, o‘yinga tushib ketdi. Xonaga boshqa ziyolilar kirib kelishdi, ular mo‘ysafidga xayratlanib tikilishdi, biroq ko‘p o‘tmay o‘zlari ham ashula aytib, raqsga tusha boshlashdi.
— Bu Meditsina Akademiyasining bir guruh olimlari,— tovushga taqlid qiluvchi modulyatorning mayin ovozini eshigdi Davron.— Ular hozir xursand bo‘lishyapti, chunki insonning umrini ming yilgacha uzaytirish mumkin bo‘lgan preparat—aksilgenni sof holda ajratib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Afsuski, bu kashfiyot odamlarni baxtli qilmadi…
Yangi ko‘rinuv.
Umumziyo Axborot Sistemasi aksilgen kashf qilingani haqida xabar qilmoqda. Ajoyib istiqbol qarshida insoniyat qalbi bamisoli larzaga keldi. Ming yil hayot! Ming yil ichida qancha ishlarni bajarishga ulgurish mumkin!
Yana bir ko‘rinuv.
Ziyoning hamma meditsina muassasalari odamlarni aksilgen bilan emlashga kirishgan. Mana, birinchi baxti kulganlar! Ming yil yashovchi birinchi ziyoliklar!
Aksilgen ishlab chiqarish bo‘yicha alohida sanoat tarmog‘i bunyod etildi. Aksilgenlar hammaga yetishi kerak! Hozir yashayotganlar va kelgusi avlodlar uchun!
Aksilgen bilan emlash go‘yo odamzodning kayfiyati va tashabbusiga qamchi urganday bo‘ldi. Odamlar o‘zlarini xuddi boshqatdan dunyoga kelganday yosh va baquvvat his qilishdi. Kelajak uchun endi eng dadil rejalarni tuzish mumkin edi. Sayyora bo‘ylab sarmast qiluvchi quvonch va zavq to‘lqinlari taraldi.
Biroq…
Birinchi bo‘lib sotsiologlar bong urishdi. Ular ziyoliklarning hozirgi o‘sish sur’ati shu xilda davom etaversa, ming yildan so‘ng sayyoraning ahvoli nima ke-chishini tezkorlik bilan isbotlab berishdi: aholi soni yildan yilga orta boradi, o‘lish deyarli sszshr bo‘lmaydi… So‘ngra elektron hisoblash mashinalari chiqargan matematik xulosalar maydonga qo‘yildi.
Agar biror chora ko‘rilmasa, sayera aholisining soni geometrik progressiya bo‘yicha o‘sib boraveradi va bir necha asrdan so‘ng o‘zining kritik qiymatiga erishadi. Ana unda oziq-ovqat, turar joy va insoniyatning ko‘plab boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun planetadagi barcha resurslar tugaydi.
Sayyora ortiq birorta odamni ham boqa olmaydi, butun bo‘sh maydonlarni to‘ldirgan osmono‘par binolar boshqa birorta oilani ham sig‘dira olmaydi. Ziyo aholisining soni esa, hamon o‘sishda davom etaveradi.
Shunday qilib, kelajakda oziq-ovqat ham, turar joy ham, bo‘sh yer parchasi ham muammoga aylanadi. Odamzod misli ko‘rilmagan horu-zorlikka duchor bo‘ladi.
Ziyo xalqi o‘z taraqqiyot yo‘llarining hamma bosqichlaridan o‘tar ekan, urush, ochlik, kasallik, qashshoqliklarni boshdan kechirib, nihoyat, endigina baxtli va ijodiy yashash huquqiga erishganday edi. Biroq…
Sayyorada rivoj topayotgan ijtimoiy jamiyatlarning ba’zi o‘ziga xos xususiyatlari tufayli unda biologiya, meditsina, genetika kabi fanlar tez sur’atlar bilan rivojlanib, davrdan ancha ilgarilab ketgandi.
Ehtimol, aksilgen bir oz ertaroq, o‘z vaqtidan ilgariroq kashf etilgandir. Boshqacharoq sharoitda, ya’ni ziyoliklar o‘z yoritgichlari sistemasidan tashqariga chiqib, o‘zga dunyolarni o‘zlashtira boshlagan mahalda, ehtimol, u hayotga muvaffaqiyatli joriy qilingan bo‘lur edi. Balki o‘shanda ular oldida tug‘ilishni cheklash problemasi yuzaga kelmagan bo‘lardi.
Ammo, afsus! Olis yulduzlarga uchish endi boshlangan edi. Aksilgen kashf etilgan paytda ziyoliklar o‘zlarining eng yaqin qo‘shnilari Tao burjiga borishga ulgurishgan va uning sayyoralarida hayot yo‘qligiga to‘la ishonch qosil qilib qaytishgandi. Biroq ilk eksperimental uchishlar butkul boshqa iarsa. Axir gap o‘zga sayyoralarga ommaviy ravishda ko‘chib o‘tish, hatto, ko‘chib o‘tishgina emas, balki fazoviy jismlarni o‘zlashtirish haqida boryapti-da!
Ziyo insoniyati bir necha asr davomida bunga erisha oladimi, yo‘qmi? Zotan sotsiologlar sayyorada faqat bir necha asrlik xotirjam hayotgagina kafolat berishmoqda edi. Undan keyin — cheklashlar, ta’qiqlashlar, ochlik, muhtojlik…
Ming yillik quvonch, ijod nash’asi, umid va g‘ala-balar o‘rniga ming yil yashash uchun kurash, ming yillik ko‘ngilsiz va och-nahor hayot. Hozirgi ziyolikni ham mana shunday kelajak kutmoqda edi.
Ko‘hna sayera hech qachon bunchalik keskin tortishuvlar, janjal va o‘zaro o‘ta qarama-qarshi fikrlarning Kiddatli kurashiga guvoh bo‘lmagandi. Aholining bir qismi aksilgen bilan emlab bo‘lingani vaziyatni yanada murakkablashtirgandi. Keyingi in’ektsiyalarni ta’qiqlash haqida, hatto, gap ham bo‘lishi mumkin emas edi.
Ziyoning Buyuk Kengashi haftalab kengash o‘tkazdi, Nihoyat, u yuzaga kelgan problemaning asosiy printsiplarini ishlab chiqdi.
1. Hech kim inson hayoti muddatini cheklash huquqiga ega emas.
2. Ziyoliklarning hozirgi avlodi ming yil yashashi kerak.
3. Hayot muddatining keskin uzaytirilishi odamlarning hayotiy ehtiyojlarini qondirishga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
4. Hamma yuqorida ko‘rsatilgan printsiplar tug‘ilishni vaqtincha cheklash hisobiga amalga oshirilishi lozim.
Asosiy printsiplarga tayanib, Buyuk Kengash shunday qaror qildi:
– Sayyoraning hamma odamlari kechiktirilmasdan aksilgen bilan emlanishi lozim.
– Meditsina Akademiyasiga uch yil davomida vaqtincha sterilizatsiya qilishning xavfsiz usullarini ishlab chiqish topshirilsin.
– Kelgusida sayyoraning hamma odamlarini aksilgen bilan emlash vaqtincha sterilizatsiya qilish bilan birgalikda amalga oshirilsin.
Bunday qarordan hamma qoniqish olganga o‘xshadi. To‘g‘ri, ba’zan e’tirozlar, xavfning oldinn olishga intilgan ovozlar ham eshitilib qolardi, biroq ularga hech kim quloq solmadi. Uzoq muddat baxtli hayot kechirish umidi xuddi himoya maydoniday, har qanday boshqa fikrni uloqtirib tashlayverdi.
Dastlabki ikki yil davomida sayyora ahli Meditsina Akademiyasida yuzaga kelayotgan yangiliklar bilan yashadi. Ikki yil — olimlar oldilariga qo‘yilgan vazifani hal etishlari uchun shuncha muddat kifoya qildi.
Akademiyada pokiza qalbli, tajribali olimlar ishlashardi. Biroq ular juda shoshilishardi: axir ular ham ming yil yashashdek imkoniyatning afsonaviy shukuhidan sarmast edilarda.
Mana, nihoyat, aksilgen bilan sayyoraning eng so‘nggi grajdani emlangan kun ham yetib keldi. Bu kun planeta tarixida eng buyuk kunlardan biri bo‘lib qolishi kerak, deb hisoblashdi. Shu kundan boshlab, hatto, yangi sana hisobini boshlash kerakligi haqida taklif kiritganlar ham topildi.
Oradan bir tsecha yil o‘tgach, ko‘tarinki kayfiyat va quvonchlar boshqa hissiyotlar bilan almashindi. Inson psixikasiga bir nima bo‘lganday edi. Odamlar ehtiyotkor, sustkash va hushyor bo‘lib qolishdi. Har kim o‘z sog‘lig‘ini diqqat bilan nazorat qiladigan, ozgina tobi qochsa vahima ko‘taradigan odat chiqardi. Uzaro e’tiborsiz munosabatda bo‘lish hollari ko‘paydi. Kutilmaganda arzimagan narsa uchun qizishib ketishlar, ahmoqona xafa bo‘lishlar odat tusiga kirdi. Ilmiy eksperimentlarda qatnashishni istovchilar soni keskin kamayib, oliy o‘quv yurtlarining auditoriyalari bo‘shab qoldi. Hech kim o‘z hayotini xavf ostida qoldirishni istamasdi. Fazogirlar, dengizchilar, uchuvchilar, suv osti g‘avvoslari ommaviy tarzda o‘z ishlaridan voz kechib, turarjoylari yaqinida osoyishta ishlar bilan shug‘ullana boshlashdi. Ilgari yaxlit bo‘lgan insoniyat tor va cheklangan dunyochasiga biqinib olgan ayrim-ayrim individuumlarga bo‘linib ketdi. Ming yil yashashdek ajoyib imkoniyat turganda, hech kim xastalik yoki biror tasodif tufayli halok bo‘lishni istamas edi-da.
Biroq eng dahshatlisi hali oldinda edi.
Vaqtincha sterilizatsiyaning ta’sir muddati allaqachon tugagan, biroq tug‘ilish negadir hamon qaytalamayotgandi. Avval, sterilizatsiya, aftidan, hisob-kitob bo‘yicha belgilangan muddatdan ko‘proq vaqtga ta’sir qilsa kerak, degan fikr aytildi. Biroq yillar ketidan yillar o‘taverdi, o‘n ynlliklarni yangi o‘n yilliklar almashtirdi, asrlar ham o‘tdi—odamlar, hatto, chaqaloq yig‘isi qanday yangrashini ham unuta boshlashdi.
Ana shundagina, sterilizatsiya bo‘yicha tajribalar shoshma-shosharlik bilan o‘tkazilgani, sterilizatorning aksilgen bplan o‘zaro ta’siri esa, umuman teshirib ko‘rilmagani yodga keldi. Aftidan, xuddi shu — aksilgen bilan sterilizatorning o‘zaro chatishmasi organizmnnng yangi xususiyati — naslsizlikni yuzaga keltirgandn. Shunday qilib, inson zoti to‘la qirilib ke-tish xavfi ostida qolgan edi. Aybdorlarni qidirishning esa hojati yo‘q edi. O‘z vaqtida hamma ming yil yashashni xohlagandi. Lekin hech kim avlodlarning ahvoli nima kechishini o‘ylamagandi.
Biroq… Ajabo! Bu dahshatln yangilik ziyoliklar ongiga tez ta’sir qilib, ularni jipslashtirdi va ularga yangi kuch-quvvat baxsh etdi. Avlodlar hayotini barbod
qilgan kechagi xudbinlar bir daqiqa ichidayoq fidoyilarga aylanishdi. Ularda maqsad paydo bo‘ldi.
Kelgusi avlodlar hayoti, inson avlodini saqlab qolish problemasi hammaning o‘y-fikrini band etgan, odamlar bu yagona maqsad yo‘lida qayta yashash va ishlashga bel boylashgandi. Yana hayotbaxsh mehnat va tashabbuskorlik avjga mindi. Yaqindagina deyarli bo‘shab qolgan auditoriyalar qaytadan limmo-lim to‘ldi. Millionlab odamlar o‘z bilimlarini oshirish kurslariga kirib o‘qiy boshladilar. Meditsina Akademiyasida ishlash uchun istak bildirganlarning go‘yo cheki yo‘qday edi. Butun sayyora naslsizlik sirini izlashga kirishgandi. Odamlar yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatishga intilishardi. Ular kechayu kunduz tinim bilmay o‘qishar, ishlashar, tajribalar o‘tkazishardi. O‘yin-kulgi, maishat va sayohatlar tamom unutilgandi, Uyqugagina bir necha soat ajratilardi, xolos.
Biroq odamlar kechikkan edilar. Ular nihoyat naslsizlik sabablarini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ammo xatoni to‘g‘rilashning uddasidan chiqa olmadilar.
Birinchi aksilgen qabul qilgan odamlar vafot eta boshlagan, sayyorada hayot so‘nib bormoqda edi.
Shunda Buyuk Kengash hamma yetakchi olimlarni to‘pladi. Sayyoraning eng so‘nggi ziyolik o‘lgandan keyin bo‘ladigan kelajagi haqida jiddiy fikrlashib olish kerak edi.
Eng so‘nggi odam o‘lgandan keyin? Biroq odamsiz qanday kelajak bo‘lishi mumkin?
— Bo‘ladi! — deyishdi bir og‘izdan olimlar.
Ziyo odami koinotda yolg‘iz emas. U olamdan ko‘z yumadi, biroq millionlab o‘zga sayyoralarda hayot davom etaveradi. Modomiki shunday ekan, sayyoraga boshqa, munosib tsivilizatsiya vakillari kelib, uni so‘ngan va huvillagan samoviy jismga aylanishdan saqlab qolmoqlari lozim!
Shunday qilib, odamlar batamom o‘lganlaridan so‘ng o‘zga tsivilizatsiya vakillarini taklif qilib, ular haqida ma’lum ijobiy xulosaga kelgach, Ziyodagi ulkan halokat siridan ularni voqif etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishi lozim bo‘lgan Kiberiyetik Markazni modernizatsiya qilish va avtomat-robotlarni yaratish
tartiblarini ishlab chiqish darkor edi. Bunda hamma narsani e’tiborda tutish, har qanday vaziyatni hisobga olish, shu jumladan, agressiv kayfiyatdagi tsivilizatsiya vakillarining uchib kelishini ham nazardan soqit qilmaslik kerak edi.
Shunday qilib, Ziyo olimlari o‘z hayotlaridagi eng so‘nggi ishni bajarishga kirishdilar.
Davron o‘sha tor va salqin koridorda. Tepadan uncha yorug‘ bo‘lmagan nur taralib turibdi, jigarrang kublar bamisoli oy nuriga cho‘mgan sokin ko‘l yuzasiday jilvalanyapti.
— Bundan chiqdi, sizlar fazoga birinchi signal uzatganingizda sayyorada odam qolmagan ekan-da? — so‘radi u.
— Yo‘q, u paytga kelib atiga bir necha ming odam qolgandi. Uchinchi signal uzatilayotgan mahalda sayyoraning eng so‘nggi odami ham vafot etgandi.
— Ular biz haqimizda hech qachon hech nima bilishmaydi,— o‘yladi Davron yuragi uvishib. Keyin yana kiberga murojaat qildi:
— Bizning yulduzkezar kemamizni siz qanday payqadingiz?
— Ziyodan uch parsek narida bizning soqchi zondlarimiz o‘rnatilgan. Biz yulduzkezar kemangizning orbitada qolgani va sayyoraga planetolet yaqinlashib kelayotganini bilganimizdan keyin to‘rtinchi variant bo‘yicha ish tutishga qaror qildik. Bu variant planetoletning Kibernetik Markaz yaqinida qo‘nishi va uning ekipaji miyasining bioelektr maydonlarini o‘rganish uchun gipnotik holatda bosh pultga olib kelish va shu tariqa muloqat qilishni nazarda tutardi.
Qisqasi, hamma nsh quyidagicha amalga oshirilgandi. Siz qo‘ng‘izlar deb atagan robotlar o‘rmonning bir qismini yo‘q qidib, doirasimon maydon hosil qilishdi va o‘sha yerdan o‘zaro ma’lum vaziyatlarda joylashib, planetoletingiz tomonga yorug‘lik nuri yuborib turishdi. Siz bu nurni payqadingiz va kemangizni maydon tomonga haydadingiz. 15000 metr balandlikda har biri u yoki bu chastotadagi to‘lqinlarni to‘sish qobiliyatiga ega bo‘lgan qator himoya qatlamlari joylashgan. Markaz yulduzkezar kema bilan aloqangizni uzib qo‘y-ishni lozim topdi.
Siz qo‘nganingizdan keyin esa, kibernetik Markaz analiz uchun kerakli axborotlarni yig‘ib bo‘lgach, radioto‘lqinlar yo‘lini ham to‘sib qo‘yishga qaror qildi. Unga Ziyo odamlari g‘oyatda ehtiyotkorlik bilan ish tutishni vasiyat qilib ketishgandi.
Markaz, razvedkachi-fazogir oqil va jasoratli odam bo‘ladi va u yuzaga kelgan vaziyatda muloqatga kirishishga jazm etadi, deya fikrlab yanglishmagandi.
Er deb ataluvchi sayyoraning vakili! Miyangizning bioelektr maydonini hamda kemadagi materiallarni obdon o‘rganib chiqib, yulduzkezar kema bilan aloqa paytidagi gaplaringizni, shuningdek bizning odamlarimiz halokati bilan tanishayotgan mahalingizdagi hatti-harakat va hissiyotlaringizni tahlil qilib, Markaz Yer. tsivilizatsiyasi olijanob va bizga nisbatan do‘stona kayfiyatda, degan xulosaga keldi!
Ziyo sayyorasi endi shu daqiqalardan boshlab sizlarga tortiq etiladi!..
Hayrat va hayajon og‘ushida sukut saqlayotgan Davronda Ziyoning eng so‘nggi odami hayotining oxirgi daqiqalarini ko‘rish istagi tug‘ildi. Usha zahoti uning qarshisida yarim qorong‘i tor xona ko‘rindi. Yumshoq kresloda oyoqlarini uzatib bir mo‘ysafid o‘tiribdi. Uning yuz qiyofasi kosmetik meditsina yordamida xiy-la yosh ko‘rinsa ham, lekin qomati qari chollarnikiga o‘xshab bukchayib, munkillab qolgan edi. Ming yoshlar atrofida bo‘lgan bu odamning ko‘z qarashlari kishini hayratga solardi. Bu ko‘zlarda mislsiz charchoq, ta’rif qilib bo‘lmas darajadagi zerikish ifodalari mujassam edi. U ro‘paradagi bir nuqtaga tikilgancha, qimir etmay o‘tiribdi. Uning borliq vujudi karaxt bir holga kelgani, asablari nihoyatda taranglashgani shundoq ko‘rinib turibdi.
U birdan titrab ketdi. Butun bir sayyorada yakka o‘zi qolganini chinakamiga his qilgandi.
So‘nggi ziyolik gugurt qutisiga o‘xshash nimanidir ushlab olgandi. Dastlab Davron unga hech qanday e’tibor bermadi. Ziyolikning negadir rangi oqarib ketdi, lablari nimalardir deb shivirladi, so‘ngra u qutidagi qandaydir tugmachani bosgan edi, “shiq” etgan ovoz chiqib, o‘sha zahoti xonani ko‘m-ko‘k tuman qopladi. Tuman tarqalganda, kreslo o‘rnida kuyib ketgan kichkinagina qora narsa qolgan, xonani esa azonning o‘tkir hidi tutib ketgandi…
Dahshatga tushgan Davron yana koridorda turardi. Kublarning birida qizil strelka miltillay boshladi.
— Yerlik birodar! Ana u yerga boring! — Modulyatorning ovozini eshitdi u.
Davron kubga yaqin keldi. Shunda u mazkur kub boshqalaridan bir oz o‘zgacharoq ekanini payqadi. Unda teshikchalar emas, balki chiziqchalar shaklidagi uzun-uzun tirqishlar bor edi. Kub “shts” etgan ovoz chiqargan edi, tirqishlardan birida qandaydir oq plastinaning cheti paydo bo‘ldi. Davron uni qo‘lga olish kerakligini payqadi.
Plastina jilvalanuvchi materialdan tayyorlangandi. Uning bir tomoni simvollar bilan to‘ldirilgandi.
Davron zo‘r berib tikilar ekan, garchand simvollar notanish bo‘lsa ham, birdan o‘zini ularning ma’nosiga tushunayotganday his qildi. Plastinani ko‘zlariga yaqinroq olib kelib, o‘qiy boshladi:
VASIYaTNOMA
Muhtaram qardoshlarimiz!
Biz, qachonlardir mag‘rur va baxtiyor, hozir esa baxti qaro xalq Sizlarga hayotimizning eng so‘nggi soatlarida murojaat qilyapmiz.
Bizning tsivilizatsiya hali yosh edi. Biz ko‘p ishlar qildik. Yana ko‘p ishlarni amalga oishrishimiz lozim edi. Bizda kuch, quvvat va iroda bor edi.
Biroq bizning kamchiliklarimiz ham yo‘q emas edi.
Bizni xudbinlik barbod qildi.
Inson abadiy emas, lekin insoniyat abadiy!
Biz ana shu oddiy haqiqatni unutib qo‘ydik. Oqibatda shum taqdir ustimizdan achchiq hazil qildi.
Bizni endi hech narsa qutqara olmaydi. Biz abadiy yo‘qlik qa’riga ketyapmiz.
Biroq bizning hayot qaynagan go‘zal sayyoramiz qolyapti. Buyuk inqirozimiz bo‘sag‘asida Sizlardan o‘tinib so‘raymiz: muqaddas sayyoramizni qarovsiz qoldirmang! Unda yashash uchun avlodlaringizni olib keling! Yurtimizda inson zoti, albatta, ulug‘lanmog‘i kerak! Zotan, faqat insongina uni kimsasiz, bo‘m-bo‘sh va o‘lik sayyoraga aylanishdan saqlab qola olishga qodir!
Kibernetik Markaz Sizlarga bizning bilisharimiz va barcha energiya zapaslarimiz haqida ma’lumot beradi. Bu zapaslar sayyorani qayta oyoqqa turg‘azish va uzoq asrlar davomida Sizlarni ta’minlash uchun yetib ortadi. Kibernetik Markazning o‘zi bo‘lsa, shu daqiqalardan boshlab to‘la Sizning hukmingiz ostiga o‘tadi.
Planetamizda baxtiyor hayot kechiring!
Gohi-gohida Sizgacha yashaganlarni ham eslab qo‘ying va hech qachon ularning xudbinlarcha qilgan xatosini takrorlamang!
Muhtaram do‘stlar, Ona sayyoramizni seving! So‘nggi soatlarimiz yetdi! Alvido!
SAYYoRA MUYSAFIDLARI
— Yerlik birodar! — o‘sha zahoti Davronning quloqlari ostida modulyatorning mayin ovozi yangradi: — Bulutlar qatlami tarqatildi! To‘lqinlar to‘siqdan holi etildi. Robotlar qo‘nish maydoni bunyod etishga kirishdilar. Kemaga bu haqda darrov xabar yetkazish. Shoshiling! Hali oldinda ishlaringiz juda ko‘p!..