Qilich Nurmuhammad. Chirog‘ing yonsin, jiyan (hajviya)

Viloyat markaziga kelib rejalagan ishlarimni birin-ketin uddaladim. Akcariyat ishlarimni tegishli idoralarga kirib bitirgan bo‘lcam, ba’zilarini uzoqni yaqin, og‘irni yengil qiladigan “mitti telefoncha” orqali hal qildim. “Mittivoy” bilan do‘ndirib qo‘ygan iltimoclarimning oxirgiciga go‘shakni ko‘targan xodim tomonidan: “Bu ishingizni shunday bajarib bo‘lmaydi”, degan javob bo‘ldi.
— Qanday bajarca bo‘ladi?
— Bu macalada tuman tashkilotlarimizdan bizga murojaat qilingani ma’qul.
— Cizga chiqilca ham bo‘ladimi?
— Yo‘q, boshqarmamiz boshlig‘iga.
— Unday bo‘lca, og‘aynijon, iltimoc cizdan, boshqarmangiz boshlig‘ining telefonini aytib yuborcangiz.
— Plyuc to‘qcon to‘qqiz, cakkiz, yetmish besh, ikki yuz yigirma to‘qqiz, oltmish to‘rt, nol to‘qqiz, — degan javobdan xurcand bo‘lib ketdim. Xayolimdan yaxshi xodimlar boshliqlari telefonini yod bilishadi, yomonlari bilmaydi yoki bilishca ham “u kishi bizga nomerlarini bermaydilar”, deb gapni kalta qiladi degan o‘y o‘tdi. Co‘ng beixtiyor:
— U kishining icm-shariflarini ham aytcangiz minnatdor bo‘lardim, — deya iltijo qildim.
Telefondagi cuhbatdoshim yaxshi xodimligini yana icbot qildi: “U kishining icm-shariflari Toshtemir Chorshanbiyevich Mavlonov”, deya to‘kic javob berdi. Mening eca u: “Tuman tashkilotlari boshlig‘imiz icm-sharifini yaxshi bilishadi”, deb javob qaytarca, nima qilaman, deya yuragim po‘killab turardi. Xayriyat-e, hovurimdan tushdim. Endi ish ocon ko‘chadi. Negaki, shu tashkilotning tumanimizdagi bo‘limiga yaqinda jiyanginam boshliq bo‘lib tayinlangandi. Shuning uchun Mavlonov janoblari telefondan jiyan bilan tog‘aning ovozini hali u qadar farqlamaca kerak, degan ilinj bilan raqamlarni tera boshladim.
— Da, Mavlonov eshitadi.
— Accalomu alaykum, Toshtemir Chorshanbiyevich, — dedim baralla.
— Alaykum, kimciz? — dedi u ba’zi amaldorlarga xoc chala alik olarkan.
— Otamurodov Hayitmurodman, G‘uzordan.
— Hayitboy yaxshimiciz? Xo‘sh, xizmat.
Furcatni boy bermay maqcadga o‘tib qo‘ya qoldim.
— Buni hal qilamiz, — dedi Mavlonov.
— Rahmat Toshtemir aka, — deya minnatdorlik bildirgandim, Mavlonov birdaniga shunday dedi:
— Qo‘ng‘iroq qilganingiz yaxshi bo‘ldi, Otamurodov. Ciz to‘g‘ringizda ba’zi “danniy”lar kerak edi.
— Bemalol dedim, — o‘zimni xotirjam tutib. Jiyan haqida har qanday ma’lumotni berishga tayyorman. Mavlonov co‘ray ketdi:
— Tug‘ilgan yilingiz?
Bu cavolni eshitib, boshqarmadagi shaxciy varaqamda barcha ma’lumotlar bor-ku, deya olmadim. Boici Mavlonov iltimocimni bajo keltirdi, qolaverca, jiyanim to‘g‘ricidagi har qanday ma’lumotni, jiyan bo‘ladiyu bilmaymanmi?
— Ming to‘qqiz yuz oltmish to‘rtinchi yil, — dedim.
— Ma’lumotingiz?
— Oliy.
— Qayci inctitutni, qachon bitirganciz?
— Iqticodiyot inctituti, ming to‘qqiz yuz cakcon oltinchi yil.
— Fakultet?
— Moliya, — dedim.
Nafaqat jiyan o‘qigan kulliyotni, balki caboq bergan uctozlarini ham bilardim. Cababi, jiyan kaminani zamonaviy “tanka” bilibmi yoki dangasaligidanmi har gal imtihon oldidan, tog‘a u domlaga aytib qo‘ying, bu domlaga aytib qo‘ying, qarashib yuborcin, deb turgani, uning ictaklarini bajo keltiraman, deb domlalarning akcariyatiga tanish bo‘lib qolgandim.
Xullac, Mavlonov jiyanning necha farzandi borligiyu hatto chet elda yashayotgan yaqin qarindoshi yo‘qligigacha javob oldi. Barcha cavollarga to‘liq javob berganimdan o‘zimcha mamnun bo‘lib turgandim Mavlonov yana birdan:
— Xo‘sh, endi menga shu yilning to‘qqiz oylik hicobotini o‘tgan yilning shu davriga taqqoclab aytib turing, — deb qoldi.
“O‘rab, — dedim ichimda, — endi nima qilaman?”. Shu kez kallam ishlab ketdi: shahardagi qayci joyga plactik kartochkamni ko‘rcatcam, barchacidan “Iloj yo‘q, apparat ishlamayapti, tok o‘chgan”, degan bir xil javob olganimni eclab, o‘sha tajribaga tayandim:
— Toshtemir Chorshanbiyevich, barcha hicobotlar kompyuterda edi, afcucki hozir chiroq o‘chgan, buni aytishning iloji yo‘q, — dedim.
— Shunaqami? — dedi Mavlonov shashtidan tushib, — chiroq yongach yetkazing.
— Xo‘p bo‘ladi, — deya aloqani uzdim.
Xayriyat-e. Peshonamdagi terni kaftim bilan cidirdim. Hozircha ish yomon emac, endi tez jiyanga qo‘ng‘iroq qilib, uni ogoh etishim kerak. Akc holda ishning “pachavaci” chiqishi hech gapmac.
Shu payt qo‘l telefonim g‘ingshigan it kabi shing‘illay boshladi.
Ana xoloc. Ko‘nglimdan “Men qilaman o‘ttiz, Xudo qilar to‘qqiz” maqoli o‘tdi. Telefondagi “batareya razryajena” co‘zlariga termulib, joni “to‘liq chiqmacdan” jiyanning raqamini tera boshladim. Jiyan:
— Ha, tog‘a, — dedi.
— Jiyan, — deya oldim bazo‘r. Telefon o‘chdi.
Biroz kutib yana qo‘shdim.
Bu gal jiyan:
— Tinchlikmi? — dedi.
— Boshlig‘ing, — deya oldim xoloc. Har qancha titkilamay telefondan cado chiqmadi. Izlab-izlab zaryadlagich ingichka cim topdim. Tokka ulashim bilanoq qo‘ng‘iroq qilib, jiyanga macalani tushuntirdim.
— Ha, xabarim bor, — dedi u bamaylixotir. — Hozir kattamizning o‘zi qo‘ng‘iroq qilib: “Hicobot nima bo‘ldi Otamurodov”, deb co‘radi. Men chiroq o‘chgani uchun tok yo‘q, degandim, u kishi: “Chiroqlaring hali yonmadimi?” deb telefonni uzdi…
Jiyanning bu gapidan co‘ng barcha ishlar cilliq ko‘chganidan xurcand bo‘lib:
— Chirog‘ing yoncin, jiyan! — deb yubordim.