Boboravshan G‘oziddinov. Mehribon (hikoya)
Ammam Mahbuda Nuriddinxon qizi xotirasiga Kechagina bahorning nafasi ufurib turgan tabiat yana qovoq-tumshug‘ini osiltirib oldi. Oqshomga yaqin jimirlab yog‘a boshlagan yomg‘ir qorga aylandi. Tuni bilan yog‘ib chiqqan qor tongda tinib, izg‘irin shamol butun borliqni zabtiga oldi. Sobir molxonaga boradigan yo‘lning davomi…


Bobo Ravshan (G‘oziddinov) 1985 yil 23 dekabrda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2004 yili shu tumandagi 37-maktabni tamomlagan. 2005 – 2011 yillarda Surxondaryo viloyatining turli gazetalarida jamoatchi muxbir, muxbir vazifalarida ishlagan. 2013 — 2022 yillarda “Karvon qo‘ng‘irog‘i”, “Zukkolar davrasida”, “Eko Olam” “Hordiq plyus”, “Yoshlar ovozi”, “Mahalla” kabi gazeta-jurnallarda faoliyat yuritgan. Uning ijodiy mashqlari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Kitob dunyosi”, “Yoshlik”, “Ma’naviy hayot” kabi bir qator nashrlar va almanaxlarda e’lon qilingan.