G‘afur G‘ulom. Buyuk ustoz (1966)

Bugun buyuk shoir va olim, donishmand va xalqning eng mehribon do‘sti ulug‘ Alisher Navoiyning tug‘ilganiga 525 yil to‘ldi. Mana shu mo‘tabar kunni do‘stlar doirasida nishonlash allaqachon ajoyib traditsiyaga aylangan.

Mana shunday tarixiy sharoitda men sizlarni, mo‘tabar, do‘stlarim, sovet xalqining yana bir bayrami, sovet xalqi madaniyatining bayrami bilan — butun umrini inson manfaatlariga, butun ijodini ulusga naf yetkazishga xizmat qildirgan ulug‘ zot Alisher Navoiy tug‘ilgan kunga 525 yil to‘lgan kun bilan muborakbod qilaman.

Alisher Navoiy turkiygo‘y shoirlarning birinchisi emas, albatta. Ungacha ham qanchadan-qancha hassos shoirlar, hatto malik ul-kalomlar yashaganlar. Ammo ungacha hech kim turkiy xalqlar tillarining imkoniyatini Alisher Navoiycha muvaffaqiyat bilan isbotlamagan. U o‘zining faqat ilmiy asarlari bilangina emas, balki jahon adabiyotining durdonalaridan bo‘lgan «Xazoyin ul-maoniy» va «Xamsa»si bilan ham turkiy xalqlar adabiyotlarining rivojiga bebaho hissa qo‘shdi. Alisher Navoiyning o‘z mundarijasi va san’ati bilan fors-tojik adabiyotining eng nodir namunalari saviyasida turuvchi she’rlaridan tashkil topgan «Foniy» devoni shoirning turkiygo‘yligiga sabab, fors tilida ijod qilishga ojizligidan emas, balki o‘z ona tilidagi adabiyotni rivojlantirish, uning imkoniyatlarini amalda isbotlash bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Alisher Navoiyning ijodi o‘zbek tilining boyligi va rang-barangligini, unda eng teran fikrlar va yuksak badiiy formada uyg‘unlashtirish imkoniyatlari cheksiz ekanini yorqin namoyish qildi. O‘zining «Muhokamat ul-lug‘atayn» asari bilan esa, Alisher Navoiy o‘zbek tili va bu tnldagi adabiyotning qonuniy huquqlarini himoya qildi, ularning rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Navoiyning o‘lmas «Xamsa»si-chi? Garchi bu sohada u o‘z salaflarining ajoyib traditsiyalaridan unumli foydalangan va ularning asarlaridagi ayrim kamchiliklarni o‘rinli tanqid qilgan holda, o‘zining g‘oyaviy va badiiy kuchi bilan shu shoirlarning dostonlari darajasida turgan, ular bilan raqobat qila oladigan «Hayrat ul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor». «Saddi Iskandariy» dostonlaridan tashkil topgan «Xamsa»ni tuzdi. Ko‘p yillik ijodiy mehnatning sama»rasi va shoir falsafiy ham badiiy tafakkurining poetik sintezi bo‘lgan bu asarga kirgan g‘oyaviy teran, badiiy yuksak, yangi, original dostonlardan o‘lmas abadiy tiplarning badiiy galereyasi gavdalanadi.

Alisher Navoiy asarlarining qimmati shundaki, ular ulug‘ shoir yashagan davrning ilgor g‘oyalari, inson va uning huquqlari, axloq, vafo va birodarlik haqidagi fikrlari dohiyona badiiy aks etgan san’at asarlaridir. Darhaqiqat, Navoiy asarlarini o‘z davri eng ilg‘or axloq normalarining badiiy kodeksi deb atash mumkin.

Asrlar davomida savodli kishilar Navoin asarlarini qo‘lda ko‘chirib tarqatganlar, uzoq qish kechalari, ishdan keyin yig‘ilishib, navoiyxonlik qilganlar, Shu sababli XIX asrning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda litografiya va tipografiyalar tashkil topganda, nashr etilgan ilk kitoblardan ko‘pi Alisher Navoiy asarlari edi.

Yozuvchining barcha asosiy asarlari minglab nusxada nashr etildi. Shuningdek, uning ko‘pgina asarlari rus, tojik, ukrain va boshqa qardosh xalqlar tillariga tarjima etilib, jahon miqyosida keng tarqaldi.

Ulug‘ yozuvchining hayoti va ijodini o‘rganish ishi ham sovet davrida ilmiy asosga qurildi. Zo‘r qanoat bilan ta’kidlashimiz mumkinki, sovet davrida navoiyshunoslik fani yaratildi. Bu fanning yaratilish va rivojlanishida Sadriddin Ayniy, Oybek, Hamid Olimjon, Abdurauf Fitrat, Olim Sharafiddinov, Otajon Hoshim, Abdurahmon Sa’diy, Izzat Sultonov, Vohid Zohidov, Vohid Abdullayev, Maqsud Shayxzoda, Xodi Zarif, Porso Shamsiyev, Hamid Sulaymonov, G‘ulom Karimov, Abduqodir Hayitmetov, Sharifa Abdullayeva, Suyima G‘aniyeva, Saida Nazrullayeva kabi o‘zbek olimlari zo‘r hissa qo‘shdilar. Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganishda rus olimlarining asarlari katta rol o‘ynaganligini alohida ta’kidlamoq zarur.

Mashhur sharqshunoslar: akademik V. V. Bartold, akademik A. S. Samoylovnch, SSSR Fanlar akademiyasining korrespondent a’zolari Ye. E. Bertels, A. K. Borovkov, S. Ye. Malov, N. Yu. Yakubovskiy, A. A. Semyonov va boshqa rus olimlari Alisher Navoiy hayoti va ijodining ayrim muhim masalalarini yoritib berdilar. Ulug‘ o‘zbek shoiri ijodini o‘rganish ishiga SSSRdagi qardosh xalqlarning yirik olimlari qo‘shayotgan hissani ayricha ta’kidlashni istar edim. Bu o‘rinda men so‘nggi o‘ttiz yil davomida Navoiy komiteti bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan ozarbayjon olimi, Ozarbayjon SSR Fanlar akademiyasining korrespondent a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor Hamid Oraslining xizmatlarini qayd etinpsh istar edim. Alisher Navoiyning qardosh adabiyotlardagp traditsiyasi masalasini o‘rganishda Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasining akademigi B. Qorriyev, Tojikiston SSR Fanlar akademiyasining akademigi A. Mirzoyev, tatar olimi, filologiya fanlari kandidati Sh. Abilov va boshqa o‘rtoqlar samarali ish olib bormoqdalar va navoiyshunoslikni boyitmoqdalar.

Bugun biz Navoiy komitetining X traditsion ilmiy sessiyasiga to‘plandik. Biz so‘nggi 10 yil ichida har gal turli xalqlarning yetuk olimlari anjumanida to‘planib, ulug‘ yozuvchining hayoti va ijodiga oid yangidan-yangi problemalarni keng muhokama qildik.

Bugungi ham traditsion, shu bilan birga ham yubiley tarzidagi sessiyada O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot instituti shu narsani xursandchilik bilan e’lon qiladiki, faqat so‘nggi yillar ichida navoiyshunos Porso Shamsiyev ulug‘ shoirning o‘lmas «Xamsa»siga kirgan dostonlarning ilmiy-tanqidiy tekstini tayyorladi. Shulardan «Sab’ai sayyor», «Farhod va Shirin» dostonlari bosilib chiqdi. Filologiya fanlari doktori, professor H. Sulaymonov tomonidan tuzilgan ilmiy-tanqidiy tekst Navoiyning «Xazoyin ul-maoniy» asari 4 tom holda bosib chiqarildi. Filologiya fanlari kandidati Suyima G‘aniyeva tomonidan Navoiyning «Majolis un-nafois» asarining va adabiyotshunos Sh. Eshonxo‘jayev tomonidan ulug‘ shoirning «Lison ut-tayr» dostonining ilmiy tekstlari tayyorlandi va «Fan» nashriyoti tomonidan bosib chiqarildi. Hozirgi kunda «Toshkent» nashriyoti Alisher Navoiyning 15 tomlik asarlari to‘plami nashrini tugallash arafasida turibdi. Faqat so‘nggi yillarda Navoiy ijodini o‘rganish sohasidagi ishlari uchun Hamid Sulaymonov va Abduqodir Hayitmetovga filologiya fanlari doktori, S. G‘aniyeva, Yo. Isoqov, E. Shodiyev va T. Ahmedovga filologiya fanlari kandidati degan ilmiy daraja berildi. Bu o‘rinda adabiyotshunos A. Hayitmetovning Navoiy ijodiy metodini o‘rganish sohasidagi tadqiqoti katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash zarur.

Navoiyshunoslik bir qator jiddiy yutuqlarga erishgan. Shu bilan birga hali qator hal qilnnmagan masalalar bor. Umid qilamizki, mana shunday masalalarni ilmiy yoritishda bu yilgi sessiya ham muhim rol o‘ynaydi.

“O‘zbekiston madaniyati”, 1966 yil 12 fevral