Mahmudxo‘ja Behbudiy. «Munozara» haqida (1911)

«MUNOZARA» HAQIDA

«Usuli jadida» maktablarni nafligi va fununi zamoniya tahsilining buxoriylar uchun luzumi to‘g‘risida farangiy afandi ila mudarris Buxoriy janoblarini oralarida bo‘lgan bahs va suhbat — «Munozara» ismida bir risola shaklinda forsiy tilg‘a tab’ va nashr bo‘lubdur. Bizda ko‘zdin kechurdukki, haqiqatan buxoriylar uchun nofe’dur.

Farangiy va mudarris tilidan bu muhim bahslik risolani tahrir etuvchi vahmi zoin[1]g‘a arzi tashakkur qilarman. Inshoollo, bu risola buxoriylarni uyg‘onmoqig‘a bois bo‘lub, «Munozara» muharririni rahmat ila yod etarlar.

Va al-on bu risola turki tilinda janob muallim hamshahrimiz Hoji Muin afandi tarafidan tarjima va ushbu gazit ila nashr bo‘lub turubdur.

Va ammo bizni fikrimizcha, Buxoro uchun eng muhim bir bahsni farangiy afandi faromush etibdurlar. Va ul eng muhim bahs buxoriylarni ruscha o‘qumoq va rus madaniyatidin nafbardor bo‘lmoqg‘a targ‘ib etmoqdin iborat edi.

Xayr, balki farangiy afandi faromush etmay, ehtimolki, buxoriylarni taajjublari qo‘zg‘olmasun va «Munozara» risolasidin umid etilgon manfaati ma’naviya favt bo‘lmasun[2] tavhimi-la[3] ruscha o‘qumoq bahsidin ko‘z yumgandur, deb zan qilarmiz. Va-lo farangiy afandini natijai ma’lumotig‘a nazaran o‘rischa o‘qumoqg‘a tarafdordur, deb istidlol qilinadur va har bir ko‘zi ochuq kishi-da buxoriylarni ruscha o‘qumsqlarini, albatta lozim bilur.

Buxoriy qarindoshlarimizni ruscha o‘qumoqlari to‘g‘risida muxtasaran biroz yozmoqni biz munda kerak bilduk va umid qilamizki, «Munozara» noshiri ikkinchi tab’ina ruscha o‘qumoq luzumini ham risolag‘a olmoq etdirsa.

Rusiya davlati — 100 milyun xalqlik va yer yuzini qaviy davlatlaridin biri. Buxoro hukumati ani himoyasig‘a va aning uchun buxoriylarni ruscha o‘qumoqlari o‘zlari uchun lozim va foe’[4]dir.

Buxoriylarni savdo ishlari Rusiya iladurki, tijorat ishlarini taraqqiy qildirmoq uchun, albatta, ruschag‘a ehtiyoji tom[5]alari bordur.

Buxoroda tilgirof, po‘chta, temur yo‘li va bonk va mol, anjomaning hamli[6] va naqli[7] va optek, do‘qtur va hifzil sihata teyishli ishlar va lavozimoti madaniya va zamoniya va xorijag‘a mutaalliq[8] barcha mavod[9] kofa[10] ruslar vositasi-la joriy bo‘lurki, bul to‘g‘rilardan ruschag‘a buxoriylarni ehtiyojlari shadid[11]dur.

Rusiya ila tijorati bor har bir buxoriy va Buxoroni har bir hukumat doiralarini ruschaga bor ehtiyojini har kimdan avval buxoriylarni o‘zlari iqror edarlar.

Kishi yo‘qligidin al-on Buxoro hukumatini xidmatidagi tarjimonlar kafkaziy va turkistoniylardin iboratdur.

Buxoriylarni ruscha o‘qumoqlari uchun dalil lozim bo‘lsa, faqat Rusiyani… jihatidin Buxorog‘a hamsoyaligi eng oliy dalildur. Holbuki, Buxoro davlatimizni himoyasida, ya’ni hovuchindadur.

Nasora va majus davlatlarini aytmay qo‘yduk. Bul vaqt Usmonli islom davlati katta maktablarig‘a ruscha o‘qutadur va Rusiyag‘a talaba yuboradur. Turk qarindoshlarimizni har biri Rusiya musulmonlarini ruscha o‘qumoqg‘a tashviq etarlar. Hatto, Istanbul shayxulislomi hazratlari Rusiya musulmonlarini ruscha o‘qumoqg‘a buyuradurlar.

Chunonchi, o‘tgan sana Samarqand hojilaridan ikki nafar mudarris shayxulislom janoblarini xizmatlariga musharraf bo‘lub ekanlarki, usuli jadid va ruschani luzumidin bayon etib, Turkistoniylarg‘a ruscha o‘qumoqg‘a tashviq etmoqg‘a buyurubdurlar.

Misrdin, Shom va Arabistondin, Istanbuldin va Erondin Rusiya maktablarig‘a talaba kelganda, Buxorodin na uchun talaba kelmaydur? Buni sababi buxoriylarni g‘aflati va zamondin xabarsizligi deyurlar.

Bul joyg‘a buxoriylar u qadar kaholat etdilarki, hatto, rasmiy doiralarida birorta tarjimonlari yo‘qdur.

Xo‘b, Buxoroda usuli jadidani qo‘ymaganlaridek, ruschani-da ulamo qo‘ymadilar deduk. Ey, shogirdlarni Samarqandda, Turkistonda va yo doxiliy Rusiyag‘a na uchun yuborilmaydur?

Samarqandda Buxorodin gado, o‘g‘ri, qimori, juvon-bachcha kelar. Hatto, deyurlarki, fohishalar ham kelur, bularg‘a ulamo bir shay demas va xabardor bo‘lmas.

Talabag‘a tamoman mone’ bo‘lurlar. Yo‘q, bul joyg‘a ulamog‘a yopishmoq kerak emas, balki boshqalarg‘a lozumdur.

Buxoroniig muhtaram hukmronlarina, Buxoroning tujjori kiromiga biz min g‘ayri had[12] arz qilarmizki, ruscha o‘qutmaqni muborak fikrlarig‘a keltirsalar, Rusiya davlati Buxoroning faqat bir hamsoyasi emas, balki homiysi, vasiy[13] va murabbiyi davlatidur. Aning uchun ruscha bilmoq va rus oliy va katta maktablarig‘a kirmoq buxoriylarni hayoti va saodati uchun alramdur[14].

Ikki milyo‘n buxoriylardin nisfi asr zarfida[15] bir nafar tarjimon chiqmaganligi buxoriylarni loqaydliklarig‘a dalil bo‘lur. Bu nimadan kelur? Albatta, Buxoro ila Rusiya orasidagi munosabatni bilmaslikdin kelur. Binobarin, Rusiya ila Buxoro beyin[16]dagi munosabati siyosiyani har zamon aholig‘a bildirmoq kerakdur. Biz siyosiy kishi emas va illo bul to‘g‘ridagi fikrimizni ochiq suratda yozarduk. Shu qadar bilarmanki, rasman Buxoro hukmati Rusiya davlatini himoyatig‘adur. Buxoroning bosh hukmroni ma’nan baoliy amir hazratlarini amoratlari Rusiya davlati tarafidin tasdiq qilinadur. Buxoroni xorijiya ishlari Rusiya davlati tarafidin ijro qilinadur.

Xorijiya davlatlari, masalan, Eron, Afg‘on va yo Usmonli davlatlari-la Buxoro hukumatini xat va xabar qilmog‘i lozim kelsa, Rusiya davlati vositasi-la muomala qiladur. Buxoro ahli xorijiyag‘a chiqmoqchi bo‘lsa, Rusiya rahol[17] hukumatini ruxsati lozimdur. Bu-xoro uchun boj va po‘shlina Rusiya davlatini ixtiyori ila bo‘lur.

Bilmoq kerakki, o‘ruscha o‘qumoq ila kishi kofir bo‘lmaydur va yo o‘ruslar bizg‘a dinlarini ta’lim qil-maydur. Masalan, bukun Samarqand muxtalif maktablarig‘a yuzdin ziyod musulmon bolasi bor va alarni hech birig‘a nasoro dinini ta’lim qilinmaydur. Samar-qand e’dodiy gimnoziyo maktabini bukun undin ziyoda musulmon bolasi bor. U jum.ladin biri manim o‘g‘lim-dur. Va na vaqtki, bolalarg‘a nasoro dinini ta’lim berarlar, g‘ayri ruslarni, xoh musulmon va yo yahud va hatto, armani bo‘lsun, maktabdin chiqoradurlar. Hatto, nasoro aqidasini ta’limi vaqtida yoshirin maktabda qolgan g‘ayrirus shogirdg‘a jazo beriladur.

G‘ayriruslar ruscha o‘qugandan ilmi dunyoviy va hayog-qa mutaalliq funun o‘quydurlar va har bir musulmon-da rumcha va yo farangcha shuni o‘qivdur.

Buxoroni o‘rta millati uchun avomcha so‘ylayinki, turklar, ibroniylar, turkistoniylar, qozoniy, o‘run-burg‘iy va kafkoziylar hamchunonki, ruscha o‘qusalar ham kofir bo‘lmaydilar. Buxoriylar ham ruscha o‘qugan ila kofir bo‘lmaydurlar.

Afg‘on hukumati ila inglis davlati orasida munosabati siyosiya mavjud va ham hamsoyadur. Oni uchun afg‘onlar Hindiston inglisig‘a va nufusi Angliyada o‘z nafii uchun talaba yuboradur. Holbuki, hech bir afg‘on inglis bo‘lgan yo‘q. Inchunun, buxoriylar-da Turkiston ustig‘a va yo Rusiyag‘a o‘z naflari uchun talaba yuborsalar, xotirjam bo‘lsunlarki, o‘rus bo‘lmaydurlar. Shuni-da yozayin, buxoriy qarindoshlarimiz bilsunlarki, bu so‘zlarni biz musulmonligimiz uchun va Buxoroni taraqqiysini xohlaganimiz uchun yozarmiz. Gumon qilinmasunki, o‘ruslar bizg‘a yozdiradur.

Farangiy janoblarini fikrig‘a biz ham tobe’ va biz ham deymizki, Istanbul, Misr, hatto, Kafkoz va Qozong‘a Buxorodin talaba borsun va ammo bu qatorda ruscha o‘qimoq uchun Turkiston va Peterburg‘g‘a ham.

Samarqand dorulqazo muftiylaridan Mahmudxo‘ja bin Behbudxo‘ja[18].

«Turkiston viloyatining gazeti», 1911 yil, 29 sentyabr, 73-son.

 


[1] Go‘zal taxayyul egasi.

[2] Nobud bo‘lmasin.

[3] Vahimasi bilan.

[4] Naflik.

[5] To‘la.

[6] Yuki.

[7] Tashish.

[8] Aloqador.

[9] Moddalar.

[10] Barchasi.

[11] Katta, shiddatli.

[12] Haddan tashqari.

[13] Tarbiyachi.

[14] Ayb ma’nosida.

[15] Hozirgi sharoitda.

[16] Orasidagi.

[17] Yo‘l ishlari.

[18] Behbudiyning mazkur maqolasi Fitratning «Munozara» asari» Hoji Muin tomonidan o‘zbekchaga tarjima qilinib, «Turkiston viloyatining gazeti»da chop etilishi munosabati bilan yozilgan.