Hamza Hakimzoda Niyoziy. Eng muhim tilak (1917)

Hozirgi yangi hukumatning adolatkorona raftori va insoniyatparvarona verdig‘i ixtiyoriy soyai marhamat va shafqatinda har millatning tilak va orzulari o‘z qo‘llarina ranju shafqatsiz yetushmakdadur. Shu jumladan; bizim, bir tarafdan, ilmu ma’rifatdan, bir tarafdan, oto-anodan mahrum bo‘lub, ko‘chalarda zoru giryon, ochu yalang‘och, ko‘z yoshlari tomchilab, yaxshiyu yomonlar eshigida kichkina bir qorinni to‘ydiruv uchun zo‘r falokat, shum fe’l turtkisi fisq fujurda eng badbaxt bo‘lgan kishilarga asiru mubtalo bo‘lub yurgon ko‘z oldimizda hisobsiz yetimlar vor edi. Alarga shafqat nazari bila qaramoq va bir yerga to‘plab, tarbiya qilmoq ilmu ma’rifatg‘a cho‘mdurmoq shu yetimlardan moado[1] har bir eru xotun, ulamo, avom va ag‘niyo, qisqasi, o‘zi bolig‘[2] va oqil bir dirham ehson etuvg‘a tavono bo‘lgan har bir ahli vatan musallamg‘a farz darajasindagi amal hisob o‘lsa kerak «Lavlok, lavlok lamo xalaqatul aflok» san’ati bila mavzuf bo‘lgan janobi faxri koinot Rasulluloh afandimiz bir yatim dilni xushnud qilmoq (etti nifoq)g‘a sotulmoqlarida yetuv bo‘lub, «afv», «afv» deb ko‘tarub yurmoqlaridan boshqa qulub mu’mining‘a og‘ur ta’sir etarlik nima dalil ko‘rsata olurmiz? Demakki, bundan uch-to‘rt sana avvalda bir «Dor ul-aytom» ochub u yetimlarni tarbiyat etmakka harakat qilgan edik. Maataassuf Medinskiy degan eski hukumat tarafindan qo‘yilgan zolim va xoin shahar hakamimizni xoinona ta’sirindan bir sanada davom eta olmadi. Balki muddaomizdagidek iona yig‘uvg‘a chorasiz qoldig‘imizdan yopulg‘on edi. Shukrlar o‘lsun, xolisona fisobillilloh orzu etdig‘imiz kenglik bir zamonlar yetushdi. Har navi diniy, milliy kamchiliklarimizga mone bo‘lgan qisinqilik biturildi. Maka shuning uchun 1335 yilinda uchinchi rajab oyinda seshanba kun kech soat 7 da «Hurriyat» jurnalimizning bayrog‘i ostida dardli yetimparvar yoshlarimizdan 20 lar chamasinda zotlar jam’ bo‘ldilar. Bu kungi qadrlik minutlarda millatning yetim avlodini bir yerga to‘plab, diniy va dunyoviy tarbiya etmak uchun va o‘z himoyasina olmak va alarning qaysi tarafindan bo‘lgan bir kamchiliklari bo‘lsa, qo‘l, oyoq xizmat va oqcha bilan-da barobar xizmat qilmoq borasinda ta’min etmoq xususinda qiziq nutqlar so‘ylandi. Bu majlisda «Etimlar yordamchisi jamiyati» unvoni berilub, muvaqqat raisga Hamza Hakimzoda saylandilar. Sarkotiblikka mulla Nabi mahdum Iqonboy o‘g‘illari, xazinadorlikka Mahmudjon Barotboy o‘g‘illari saylanub, hozirinlardan tubandagi ionalar to‘plandi.

  1. Hamza Hakimzoda — 10 s.
  2. Mullo Mahmudjon Barotboy o‘g‘li — 200 s. (104 s. tegdi.)
  3. Mirzo Rahim afandi — 10 s.
  4. Mullo Muhammad Hakim afandi — 50 s (45 s. tegdi.)
  5. Karimjon Tursunmuhammad o‘g‘li — 10 s.
  6. Mulla Usmon qori afandi — 5 s.
  7. Muhammadxon Mahdum Abdulmo‘min o‘g‘li — 5 s.
  8. Mulla Nazarjon Muhammad Ibrohim o‘g‘li —20,5 s.
  9. Said Muhammad afandi — 5 s.
  10. Muallim Mulla Abdullabek — 5 s
  11. Sa’dullaboy Toji ulug‘ o‘g‘li — 6 s.
  12. Rahimjon Hoji Shodi — 5 s
  13. Mulla Iskandar Barotboy o‘g‘li — 6 s
  14. Mulla Alijon Husanboy o‘g‘li — 4 s
  15. Akbarbek Sultonmurodbek o‘g‘li — 5 s
  16. Mulla G‘ozibek Toshbek o‘g‘li — 25 s

Jam’i 383 s. bo‘lub, qo‘lga tekgani 132 so‘m bo‘ldi. Millat tarafindan muhabbatlik a’zolarimizga tashakkur etamiz.

Musodara badinda jamiyatimizning maslak va maqsadin bildirmoq uchun hozirin huzurida bir ariza yozilub Sho‘roi islom majlisiga taqdim qilindi. Arizamiz aksariyat tarafindan muhibbona maqbul o‘ldi va ko‘ldan kelgan qadar yordam etmoqg‘a va’da etdilar. Emdi dushanba kungi tubandagi taklifnomamizga binoan yetimparvar himmat egalari bo‘lgan zotlar jam bo‘lsalar, doimiy bir hay’at saylanub, qonun va qoidalari tartib etulub, so‘ngra Sho‘roi islomda tasdiq qyldirilur va g‘ayratlik xodimi millatlar ishga kirishurlar. Ilohi, sarnigun yetimlarning baxtiga bu jamiyat isolini o‘z lutfu marhamati soyasinda ko‘paytursun edi.

«Hurriyat» jurnali, 1917 yil, 2-son

[1] Moado (mosivo) — …dan boshqa, …dan tashqari ma’nolarida keladi.
[2] Bolig‘ — balog‘atga yetgan.