Abdulhamid Cho‘lpon. Andijonda yangi bonk (1914)

Andijonda, musulmon qit’asinda, «Devoni Mat­­­qobil shirkat bonki», ya’ni «vriminniy kridit» ochmoqg‘a qa­ror berildi. Hozirgi a’zosi 180 nafar bo‘lub, 130 dan ziyo­dasi musulmonlardur. Sarmoyasi 28 ming so‘mdur. Mashvarat a’zolari olti nafar bo‘lub, yarmi musulmonlardan: Eshonxon maxzum Odilxo‘ja o‘g‘li, Zunnunboy Qutlug‘boy o‘g‘li, Mirhaydarboy Mirkomil o‘g‘lilaridur. Idora a’zolar 3 nafar rusdur. Azbaski, bizg‘a zamonag‘a taalluqdor, ilmdan xabardor kishi yo‘qdur. Taftish a’zolari uch nafar bo‘lub, biri Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘ja o‘g‘li janoblaridur. Bonka kelar hut oyinda* ochilsa kerak. Ushbuni vujudga kelishig‘a mazkur muhtaram musulmonlar va alarni yordamchilari sabab bo‘ldilar. Bonka bo‘lmasun deganlar-da bor ediki, ularni «Oyna» idorasindagi «Mush»g‘a havola qilduk.

________________________
«Oyna» jurnalining 1914 yil 18 yanvardagi 13-sonida «Abdulhamid Sulaymoniy» imzosi bilan bosilgan. Birinchi marta adabiyotshunos Rustamjon Tojiboyev tomonidan topilib, 1993 – 1994 yillarda respublika gazetalaridan birida ­e’lon qilingan.
Hut oyi – quyosh yili hisobidagi oy, fevral-mart oyiga to‘g‘ri keladi.