Adabiyotimizning Hamza, Avloniy, So‘fizoda kabi vakillaridan biri bo‘lgan Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiy ijodida muhabbat, odamiylik, juvonmardlik singari abadiy barhayot mavzular kuylanadi. Shoirning asarlarida insoniyat bahorining ilk pallasi o‘zining butun sururu iztiroblari bilan aks etgan. Shu ma’noda Sidqiy asarlarini navbahorga qiyoslash mumkin. Ushbu majmuada shoirning hayot va inson ruhiyatini she’riyat tiliga ko‘chirgan g‘azallari, ijtimoiy plandagi lirik she’rlari, «Rusiya inqilobi» dostoni, voqeiy hikoyalaridan namunalar kiritildi.
MUNDARIJA
G‘azallar
Murabbalar
Muxammaslar
Musaddaslar
Ijtimoiy lirika
Turli she’rlar
Rusiya inqilobi
Ibratlar va hikmatlar
Voqeiy hikoyalar
Qaydlar
B. Qosimov. Sidqiy Hondayliqiy
Izohlar
Lug‘at