Dilbar Haydarova. Ozarbayjon she’riyati antologiyasi
Ozar adabiyotining bugungi zalvori Nizomiydan ruh olgan, Nasimiydan olovlangan, Fuzuliydan fasohatlangan, hozirgi davr zamonaviy Ozar she’riyatini ham bezamoqda, gullatib-yashnatmoqda.
Baxtiyor Vahobzoda, Nusrat Kasamanli, Zelimxon Yoqubov, Anor, Rasul Rizo, Sobir Rustamxonli kabi she’riyat tog‘lari, bog‘lari bor katta adabiyot dargohida qator shoirlar safida ayol shoiralarning ham bo‘yi balanddir. Vatanga sadoqat, ishq olovlarida yonmoq, kuymoq, har satrida yolqinlangan shoirlar qatori bo‘y ko‘rsatib turibdi.
Bu asarlar taniqli o‘zbek shoirasi Dilbar Bonu tomonidan mahorat bilan o‘zbek tiliga o‘girildi. Kezi kelganda shuni ham alohida ta’kidlash o‘rinliki, o‘zbek va ozar adabiyoti o‘rtasidagi adabiy ko‘prik ko‘p asrlik tarixiy an’analarga ega bo‘lib, mazkur antologiya ham ikki qardosh xalq o‘rtasidagi azaliy do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash bilan birga, ma’naviy qadriyatlarning mushtaraklagini ham istifoda etadi.
Aziz kitobxon antologiyadan joy olgan Ozarbayjon shoirlarining otashin she’rlari Sizning ham ma’naviy mulkingizga aylanib qoladi, degan umiddamiz.