Muhammad Yusuf. Ko‘nglimda bir yor: She’rlar. T.: «Yozuvchi», 1991.
Muhammad Yusufning she’rlarida ona yurt mehri, bolalikni sog‘inish tuyg‘usi, Yer dardi jo‘shib turadi. Shoir gohi «tomda, qizgaldoqlar yonida», gohi «ariq bo‘yida, yalpizga suyanib» dunyo ila muloqotga kirishadi. O‘zbekona soddaligi, tantiligi, samimiyati bilan o‘ziga rom etuvchi bir ajib oydinlik to‘kilib turgan bu sehr olamiga bir bora doxil bo‘lgan kishi uni uzoq vaqt unutolmaydi.
Muhtaram she’rxon!
Shoiriing qo‘shiq bo‘lib ketgan she’rlaridan tartib berilgan ushbu mo‘jaz to‘plam Sizning-da ko‘nglingizga ezgu lahzalar baxsh etadi deb ishonamiz.