Taniqli tojik shoiri, SSSR Davlat mukofoti laureati Mo‘min Qanoat nomi o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish. Uning bir qancha she’rlari, dostonlaridan parchalar tarjima qilinib to‘plamlarda, gazeta va jurnallarda bosilib chiqqan.
Shoirning o‘zbek tilida birinchi marta mukammalroq to‘plam holida nashr etilayotgan she’r va dostonlari kitobxonlarimizga manzur bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.


