Mannop Egamberdi. Sariq ajdar hamlasi (tarixiy roman)

Mannop Egamberdi. Sariq ajdar hamlasi [Matn]/ Mannop (Abdumannop) Egamberdi; muharrir M. Abdullayeva. – Toshkent: Sahhof, 2023. ‒ 528 b.

Romanda aks ettirilgan tarixiy voqealar bundan qariyb ikki ming yil avval – miloddan avvalgi II asrda ro‘y bergan. O‘sha davrda shakllana boshlagan Buyuk ipak yo‘lini to‘liq o‘z nazorati ostiga olishni maqsad qilgan Xan imperatori U-di miloddan avvalgi 138 yili o‘z elchisi Chjan Szyanni uzoq G‘arbda joylashgan Dovon (hozirgi Farg‘ona vodiysidagi qadimgi davlat) haqida ma’lumot to‘plash uchun yuboradi.

U-di miloddan avvalgi 104 va 102 yillarda Dovonga katta qo‘shin yuboradi. Ajdodlarimizning yurt ozodligi uchun fidokorona kurashi natijasida Xan askarlari ikkala safar ham mag‘lubiyatga uchraydi. O‘sha voqealarni hikoya qilar ekan, yozuvchi Mannop Egamberdi zukko o‘quvchilarni moziy sari qiziqarli va g‘aroyib sayohatga boshlaydi.

Roman ilk bor 1984 yili Moskvadagi «Voyenizdat» nashriyotida rus tilida, 1988 va 2013 yillarda esa o‘zbek tilida Toshkentda chop etilgan. Endilikda adib tavalludining 95 yilligi munosabati bilan romanning uchinchi, to‘ldirilgan nashri kitobxonlar e’tiboriga havola etilmoqda.