Hasanboy G‘oyib. Ishqim ko‘char yulduzlarga

Hasanboy G‘oyib. Ishqim ko‘char yulduzlarga. – Dushanbe: «Shohin-S», 2023. – 228 s

Hasanboy G‘oyibning she’rlari mavzu, ohang, tasvir va ifoda uslubi bilan o‘ziga xos jihatlarga ega. She’rdan she’rga fikr va tuyg‘ular tasvirining rang-barang bayoni erkin parvoz etar ekan shoir ruhiy olamini yanada yorqinroq ochib boradi.
Shoir ijodi yana shunisi bilan ahamiyatliki, unda ezgulik, muhabbat va adolat tushunchalari ustuvordir.