Mustaqilligimiz tufayli Fitrat, Cho‘lpon kabi buyuk so‘z ustalari safimizga uzil-kesil qaytgach, ularning merosini har tomonlama chuqur o‘rganib, haqiqiy g‘oyaviy-estetik qimmatini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur risola shu yo‘lda qo‘yilgan dadil qadamdir.
Yosh olim Dilmurod Quronov risolada o‘z iqtidorini namoyish etgan — u adabiyotshunoslikdagi eskicha qarashlardan, vulgar sotsiologizmdan, sotsialistik realizm qoliplaridan qochib, “Kecha va kunduz” romanida qahramonlar xarakterini yaratishda Cho‘lpon mahoratini tahlil qiladi. Shunisi muhimki, u har qaysi qahramonni ayri holda tahlil qilmasdan, ularni o‘zaro alohida ko‘radi, binobarin, romanni yaxlit bir butunlikda ko‘radi. Risola bugungi cho‘lponshunoslikda o‘z o‘rniga ega bo‘ladigan asardir.
MUNDARIJA
Muqaddima
“Kecha va kunduz” haqida
Miryoqub obrazining ijtimoiy-ma’naviy tadriji
Ijtimoiy muhit va xarakter ruhiyasi
Psixologik tahllilning dramaturgak usuli