Abdumajid Azim betakror iqtidor egasi. Uning o‘nlab she’riy kitoblari chop etilgan. Shu zabardast yoshida nafaqat she’rlar, balki tarjima, publitsistika, adabiyotshunoslik yo‘nalishlarida ham baravar qalam tebratib kelmoqda. Bu ijodkor o‘z ijodini kattakon adabiyot tarozisiga qo‘yib, salmog‘ini mo‘ljallab oladi va keyingina ko‘pchilikka havola etadi. Yozganlarining barokati esa uning ilmi va tinimsiz mehnatidan.
Hurmatli kitobxon, qo‘lingizdagi «Tong tabassumi» to‘plami ham ana shunday mehnat mahsulidir.