Sigedzi Suboi – yapon shoiri. 1898 yili tug‘ilgan.
QO‘ShIQ
Qayoqqa boqmagin — hammayoq devor,
Qayoqqa boqmagin — miltiq o‘qtalgan.
O‘rtada bir mudhish sukut hukmdor,
O‘rtada bir quloch masofa qolgan.
Yaqinlab… yaqinlab kelmoqda ana,
Ana u o‘q uzdi…
Va lekin qo‘shiq
Yanada jaranglab,
Qirlardan oshib,
Ko‘klarda kaptardek uchmoqda yana.
Hattoki, qo‘shiqqa o‘q uzar ular!
Hattoki, qo‘shiqqa o‘q uzar ular!
Shuhrat tarjimasi