* * *
Yoshgina moda tovus!
Uchta yaproq uchadi —
Echinar qish yalang‘och.
* * *
Hoy, uchayotgan g‘ozlar!
Elas-elas ko‘rinasiz
Bahorgi kunbotishda.
* * *
Osmondagi oy,
Birgina sen birodar
Quturayotgan bo‘ronga.
* * *
Suzmoqda bulutlar karvoni…
Elkasida avaylab
Olib ketmoqdalar charog‘on oyni.
* * *
Yo‘lda sovuq o‘tdi jonimdan.
Yozgi libosimning
Avrasi, astari ham yo‘q.
Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi