Mibu Tadamine (898-920)

Mibu-no Tadamine (壬生忠岑) — Xeyan davri yapon shoiri va saroy xizmatchisi. U “36 o‘lmas shoir”lardan biridir.

* * *

O, “bokira gullar”!
Bu yerda tanho zavqlanmoqlik nechun,
Qaniydi, men sizni kulbamga yaqin boqqa ekkan bo‘lsaydim,
O‘sha yerda bahra olardim,
Tengsiz go‘zalligingizdan….

* * *

Agar
Men oyning shaffof yog‘dusi bo‘la olganimda,
O‘shanda
Ehtimol, berahm qalbim sohibasi
Har tun faqat meni, meni degan bo‘lardi…

Rus tilidan Minhojiddin Mirzo tarjimasi