Koidzumi Tikasi (1886-1927)

Koidzumi Tikasi (古泉千樫; 26 sentyabr 1886, Tiba prefekturasi — 11 avgust 1927) — yapon shoiri, Ito Sationing shogirdi. haqiqiy ismi — Koidzumi Ikutaro (古泉幾太郎).

***

Botayotgan kunning shu’lasi
Qirmizi yong‘inday shomgi tog‘larda .
Bambuklarning qoraygan
Soyalari esa aks etar
Qog‘oz devorda…

***

Yomg‘ir tindi .
Botayotgan quyosh bo‘zarar
Bug‘ ko‘tarilib
Suza boshlar , xovuz ustida
Gullaydi noklar…

***

Qo‘shnilar meni
Bug‘li xammomida cho‘milishga
Taklif qilishdi .
Qaytayotib osmonga boqdim .
Uchqunladi qor…

***

Qadrdon do‘stimni
Ziyorat qilgani bordim
Romashka gullari
Juda erta ochilibdi
Chetan devorli , bog‘larda .

***

Fonarni o‘chirib
Boraman tong saxar chog‘i .
Va ko‘raman olisda
Oppoq tumanlar
Yumalanib suzar yer uzra…

Xoldor Vulqon tarjimasi.