Kiyoxara-no Fukayabu (清原 深養父) — Xeyan davri yapon shoiri.
* * *
Garchi hali borliqda qish kezayotgan bo‘lsa-da,
Go‘yo osmondan oppoq gulbarglar yog‘ayotganday –
Topdim,
Demak, bulutlar ortidagi yuksaklikda
Bahor boshlangan …
* * *
Quyosh nigohidan yiroq
O‘sha tog‘lar aro
Bahor ne ekanligin bilmas
Bu vodiyga so‘layotgan gullar qayg‘usi begona,
Shundandir bedorlik va bezovtalik yuraklarga yot..
Rus tilidan Minhojiddin Mirzo tarjimasi