Kisiro Tanaka

TEPALIK

Ninosima — yam-yashil orol,
Hu, tepalik. Unga nazar sol,
Unga dafn etilgan qizim…
Uning ismi benomu nishon
O‘chib ketgan minglar qatori…
Oh, alamdan o‘rtanadi jon…
Xirosima — shum atom shahri!

QUYoSh BOTIShI

Eshitolmam aytgan so‘zingni,
Ko‘rolmayman sening o‘zingni…
Maktabingning vayronasida
Yonar botgan quyoshning nuri…

Xirosima — shum atom shahri!

Shuhrat tarjimalari