Ki-no Surayuki (866-945)

Ki-no Surayuki (紀貫之 866—945 yoki 946) — yapon shoiri, yozuvchi, filolog. Tanka janrida yozgan. 36 o‘lmas shoirlardan biri.

* * *

Ha, buni faqat tush deb atash mumkin, –
Buni men shu bugun angladim tuyqus, –
Umr bu – uyqu…
Men esa o‘ylardim – o‘ngim,
O‘ngim, deb o‘ylardim… U ro‘yo – afsus!..

Rus tilidan Abdu Nabi tarjimasi

* * *

O, “bokira gullar”!
Ne bois bunchalar erta ta’zim-la egildingiz?
Yo yorug‘likdan to‘ydingizmi?
Qayerga shoshasiz,
Axir, kuz hech kimga shafqat qilmas, ayab o‘tirmas…

* * *

Shoxlarda
Ilk gullar ochilgandan buyon
Qancha bahorlar kechdi, –
Oh, qachon bizning dunyomizga ham
Abadiy gullash saodati nasib etarkin!…

Rus tilidan Minhojiddin Mirzo tarjimasi