Vey In’u (an’anaviy 韋應物, soddalashgan 韦应物, pinin: Wéi Yìngwù, 737-792) — Tan dinastiyasida yashagan xitoy shoiri. 737 yili Chan’anda tug‘ilgan.
* * *
Somon yo‘li — ko‘hna, yuksak mavhumot,
Kecha yo‘l berar chog‘ ajib saharga,
Yangi tong qoshida turarkan, bot-bot
Nurlarin taraydi kuzgi shaharga.
Dildagi bor qayg‘u sevgingdan yodgor,
Yor, seni o‘ylayman olisga boqib.
Bizni ayriliqqa etdi giriftor —
Taqdir ikkimizga munosib raqib.
Bizni ayirdilar, ayro etdilar…
Hatto osmonning ham Somon yo‘li bor,
Bizga visol sari yo‘l topmoq dushvor…
Ruschadan Gulnoz Mo‘minova tarjimasi