Gu Kaychji

YILNING TO‘RT FASLI

Bahor yomg‘iridan
ko‘l to‘ldi lim-lim,
Yozning tog‘larida
ajib sukunat.
Kuzgi to‘lin oydan
nur yog‘di sim-sim,
Qishda qarag‘aylar
yashnagay faqat.

Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi.