Te Xan (1240-1290)

HAYoT TAQVIMI

Men o‘z hayotim kunlaridan
Qog‘oz taqvim tuzishni istayman,
Tokim uning varaqlarini uzay
Istagan paytda.
Shunda baxtli kunlar varaqlarini
Uzoq qoldirardim taqvimda
Va qayg‘uli kunlarni
Tezda yirtib otardim,
Qaramasdim vaqtga, zamonga…

Rus tilidan Karim Bahriyev tarjimasi