* * *
Bahor o‘tib ketar – sochilar gullar,
Yana bahor kelar – ochilar gullar.
Ko‘z o‘ngimdan o‘tar butun hayotim,
Keksalik boshimga tushdi, sochim – oq.
Bahor o‘tdi, dema – gul so‘ldi, dema,
Ana, tunda o‘rik gulladi oppoq…
Rus tilidan Karim Bahriyev tarjimasi