Lo Ngan Shun (1945-2013)

Lo Ngan Shun taniqli shoir, Vetnam Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Bir qancha kitoblar, stsenariylar muallifi.

GO‘ZAL

Go‘zal
Qorga mengzaydi u,
Qo‘l tekkizsang – xo‘p qaynoqqina.
Go‘zal olovmonand – muzdayin
Nayzasini sanchar qo‘llaring tegsa.
Istamaysanmi sipqorishni
Bir qultum suv kabi?
Qara – cho‘ldagi daydiday
chanqog‘ingni sinovdan o‘tkaz.
Ko‘zi tushar ekan kimningki unga
Ochlik qiynoqqa olar to‘q bo‘lsa ham gar,
Kuni bitganlar ham go‘zalni ko‘rgach
Qaytib kelar qayta hayotga.

O! Bu bir orzu go‘zal haqida
Mangu bug‘languvchi samoda.

OSMON VA YeR

Samoga uzatar yer qo‘llarini,
Osmon juda olis
Balandlay olmas.
Judolik qayg‘usiga sho‘ng‘iydi osmon
Er sira tebranmas –
Olis yo‘llari.

Yuz yillarki yer bilan osmon
Bir-biriga yeta olmaydi.
Sen bilan yaqinmiz: bu sensan, bu men –
Qo‘llaringni ber.

Rus tilidan Go‘zal Begim tarjimasi