Fam Xo (1926-2007)

Fam Xo (Phạm Hổ) – Vetnam shoiri.

NODON TOYChALAR

Borardi tosh ko‘chada
Ota ot mamnun,
Yangi taqa tuyoqdan
Sochardi uchqun.

Buni ko‘rib toychalar
Ko‘tardi qiy-chuv:
– Tuyoqlarga o‘t ketdi,
Tezroq seping suv!

Rus tilidan Nurulloh Oston tarjimasi