* * *
Chiqdi nogoh mahvashi turfa nigori o‘zgacha,
Ochilib, chun lola ahmar, guluzori o‘zgacha.
Ikki shahlo ko‘zlari ko‘nglim qushini qildi sayd,
Mubtalo aylab mani yori nigori o‘zgacha.
Otdi mujgon o‘qlari payvasta qoshin yo qurub,
Tegdi novak o‘qlari, qildi qarori o‘zgacha.
Na iloj aylay yoronlar, dard o‘ldirdi mani,
Barcha dardlar bir sari, o‘q zaxmkori o‘zgacha.
Yastanibdur mohitobon chehrasin pinhon etib,
Ajdaho yanglig‘ iki zulfi, nigori o‘zgacha.
Muddao qo‘ymas aning husnin tamosho qilg‘ali,
Ikki saf lashkar turubdur, sad hazori o‘zgacha.
Muddatidur muntazirdurmen jamoliga aning,
Rahm etgay deb qilurmen nola zori o‘zgacha.
Kelmagay olamga andog‘ nozanin makkoraye,
Bir tarahhum zolimi hardam shikori o‘zgacha.
Kecha-kunduz men jamoli shavqida bo‘ldim xabar,
Koshki, bu Navbatiyga yo bo‘lsa yori o‘zgacha.
Uyg‘ur tilidan Omonbek Jalilov tabdili