* * *
Gul yaqo chok ayladi, ruxsori olingni ko‘rib,
Sarvi ar-ar titradi nozuk niholingni ko‘rib.
Yangi oy qon yig‘ladi, ermas shafaq charx uzrakim,
Qomatin xam aylabon, mushkin hilolingni ko‘rib.
Sayr etib ko‘nglum qushi bog‘landi zulfung domig‘a,
Dona yanglig‘kim, labing ustida xolingni ko‘rib.
Xizr suyi birla Iso yoshunib bo‘ldi xijil,
La’ling ichra nogahon shirin zilolingni ko‘rib.
Bir nafas jon turmasun tanda, sani gar ko‘rmasam,
Xizr umridur mango o‘lsam jamolingni ko‘rib.
Jannat ul-firdavs aro san bo‘lmasang, ey mahjabin,
Tong emasdur kechsam andin chun visolingni ko‘rib.
Ey ko‘ngul, ko‘yida bo‘lding necha yildin notavon,
Rahmisi kelmasmu bir ozurda holingni ko‘rib.
Ahli dunyoning ipak to‘nini qilma orzu,
Ey faqir, shukr et, chu bo‘lg‘on eski sholingni ko‘rib.
Mahzuno, may istasang sindur ko‘ngulni, bo‘l gado,
Dayr piri may berur, singan safolingni ko‘rib.
Uyg‘ur tilidan Omonbek Jalilov tabdili