Gumnom (XVIII asr)

* * *

Qoshing ko‘rgach, nechuk aylanmayinkim qiblagohimdur,
Ayog‘ingga nechuk bosh urmayinkim sajdagohimdur.

Labing istab nedan jon bermayin obi hayot andin,
Yuzing ko‘rgach, nechuk ko‘z ochmayin barqi mohimdur.

Chekib uchqinlar urg‘on oh bila boshimg‘a chirmashqon,
Gadolig‘ shahliqig‘a boshima zardan kulohimdur.

Yuzing hajrig‘a sabr etmay, o‘t uzra mushki tushgandek,
Emas holing yopushgan mardumi chashmi siyohimdur.

Yuzingni g‘ayridan asrab, kun oldin abr tutgandek,
Soching ermas, yuzing atrofi uzra dudi ohimdur.

Nedin sarvi qadingni gulshani jonda makon etmay,
Alif qaddingni jonim ichra berkitgan ilohimdur.

Chamanda gul, falakda axtar ermas qon yutib afg‘on,
Yurakdur yeru ko‘kda husning axtarg‘an nigohimdur.

Raqiblardan g‘amim yo‘q, bersa rohat g‘amzaye chashming,
Ani barham urarg‘a kipriging hayli sipohimdur.

Neturdum jonu ko‘nglim begumon, sendan gumon etdim,
Sevingandek topib gavhar, shakar xanding guvohimdur.

Uyg‘ur tilidan Omonbek Jalilov tabdili