So‘fiy Hisoriy (1878-1921)

* * *

Biz hama yordin yomon erdik va lekin bilmadik,
Barchadan sharmanda jon erdik va lekin bilmadik.

Bu ne holkim ne amal bor, ne farosat, ne tamiz
Badtarin ahli jahon erdik va lekin bilmadik.

Ziqna fe’limiz bilan xesh taborni ranjitib
Yaxshi so‘zga bezabon erdik va lekin bilmadik.

Nafsni bilmasdan turib, so‘filikdan lof urib
Xulqi hayvondan yomon erdik va lekin bilmadik.

Garchi bizning aybimizdan hech kimsa voqif emas,
Pand eshitmas, g‘o‘r inson erdik va lekin bilmadik.

So‘fiy parishonlik bilan so‘yladi dil dardini,
Yurtda sarsonu somon erdik va lekin bilmadik.

Hasanboy G‘oyib tarjimasi