* * *
Nechun gulga dil beray, gulandomim bo‘lmasa,
Mastlikdan xanda qilay, mayu jomim bo‘lmasa?
Ne uchun boshim uray kimsa ochmas eshikka,
Ostonadan kirmasman diloromim bo‘lmasa.
Soqisi yo‘q ko‘zaga ne uchun mayl qo‘ygum,
Mayxonani netarman, gar jononim bo‘lmasa?
Boshimga tuproq sochib, qon yig‘lamoq ne kerak,
Xasta jonimga rohat va oromim bo‘lmasa?
Shavqu zavq orzu aylab, aldanmoqqa na hojat,
Dilga taskin berguvchi xush payg‘omim bo‘lmasa?
Shom aro suhbat birla bazmi jamshed ne kerak,
Shamu parvona kabi zebi shomim bo‘lmasa?
Men nega xanda qilib, ne uchun xursand bo‘lay,
Kulfatu g‘amdan holi lahza, onim bo‘lmasa?
Xasta ko‘nglim bodasin talx aylamay endi netay,
Ey Pari, shakkar labidan yetguvchi bolim bo‘lmasa?
Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi