Ne’mat Otash (1953-2016)

“Shukufa”, “Sadoi sabzi shukufta”, “Ba ishq bovar kun” kabi she’riy majmualar muallifi. Bir necha dramatik asarlarni tarjima qilgan. “Sharaf” ordeni sohibi. Kamol Xo‘jandiy mukofoti bilan taqdirlangan.

BO‘LMANG

Xudo saqlab Sizni har dam yoronlardan judo bo‘lmang,
Mudom o‘ylab o‘zingizni, takabbur, xudnamo bo‘lmang.

Kasu nokas oyog‘iga qilib sajda, bukilmangiz,
Tubanlarga egib boshni befitrat, beziyo bo‘lmang.

Xudo saqlab turli nayrang va ig‘vo rohidan bormang,
Fitna qo‘zg‘ab, talabgori sho‘ru mojaro bo‘lmang.

Xudo saqlab, ikki kunlik ayshu ishratni debon,
Dilsiyoh kaslar-la hech-hech hamnishin oshno, bo‘lmang.

Xudoning o‘zi yo‘l boshlab, himoyatgar bo‘ling yurtga,
Qarigan on, e-voh, yurtning xokiga hech gado bo‘lmang.

Jamshid tarjimasi