TAMA’
Tama’ deganlari shamsherdir keskir
Pora-pora qilar odamni butun.
Xushbaxt bo‘lay desang agarda do‘stim,
Tama’dan hazar qil, bo‘l undan ustun.
MOHI TOBON
Malak, yuzing erur mohi tobonim
Mudom yo‘lingdadir chashmim ravonim.
Minglab gul naviga dimog‘im tutib
Sening atring izlab o‘tar har onim.
Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi