* * *
Bu kecha g‘amga botib, kuydim intizorlikdan,
Berahm guluzor-la ro‘y bergan judolikdan.
Avvaliga dildorim meni maftun ayladi,
Oqibatda sel bo‘ldi ashkim shashqatorlikdan.
Umidsizlik domida es-hushimni yo‘qotdim,
Boshdan to oyoq kuydim ishqida adolikdan.
O‘shal mahvashni o‘ylab, mudom yurarman g‘amgin,
G‘amgusorim yo‘q mening tanho shu g‘ariblikdan
Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi