Miraziz Uqmasiy (1884-1948)

Miraziz Qayyum o‘g‘li Zabirov (Mirgaziz Kayum ulы Ukmasi) Qozon viloyatidagi Uqmas qishlog‘ida tug‘ilgan. 1906 yili ilk she’riy to‘plami bosilgan. 1908 yili Qozondagi Muhammadiya madrasasini bitirib, turli yerlarda o‘qituvchilik qilgan.

MAY KUNI

Sokin bir kuz kuni o‘rmonga bordim,
Sayrashurlar qushlar charx urib.
Birisi ucharu birisi qo‘nar,
Biri xursand cho‘pdan uy qurib.

Chiqdim yalang yerga: chechaklar alvon,
Bayram go‘yo ko‘rkam chiroyi!
Ko‘klam, yoz oylarin bir avliyosi –
Eng qutlug‘i, biling, may oyi.

AXRIMAN NASLI

Bosildi endi achchiqlar,
Ko‘ngil yayrar, so‘nib dardlar,
Umidlardan yiroq ketdim,
Tugab ul ayshu ishratlar.

Kelib zahru qaro kunlar,
Bir iblisdek o‘tirmishlar –
Ko‘rib xalqu bu yosh avlod,
Umidlarni yitirmishlar.

Menam endi yashay derman
Hayotda so‘ng lahzalarni –
Yurak tinch, bitdi yolqinlar,
Yoqib, kul etdim o‘tlarni!

Keturman, xush qoling, do‘stlar!
Tilay ezgu tilak sizga:
Sadoqat, baxt to‘la bo‘lsin
Mudom yor ruh, yurak sizga!

Mening baxtim quyoshin, oh,
Qaro jinlar bosib o‘tdi,
Saodat yulduzimni
Axriman nasli kelib, yutdi.

Uchirsam ham ko‘ngil uchmas,
Yiqilgay, yer quchar endi,
Jahon ayni mamot ichra,
Zaharlarni ichar endi…

Tatar tilidan Tohir Qahhor tarjimaci