Pyotr Shumaxer (1817-1891)

Pyotr Vasilevich Shumaxer (6 [18] avgust 1817, Narva — 11 [23] may 1891, Moskva) — rus hajvchi shoiri. Unga 1883 yili Leyptsig va Veymarda chop etilgan “Do‘stlar orasida” to‘plami katta shuhrat keltirgan.

* * *

Men saroyning kuychisi emas!
Kuylamasman gimnu shiorni.
Xoru zorlik, ochlik balosi
Qoplaganda ona – diyorni!

Avji baland sharafli sozim
Olg‘irlarni, surlarni sevmas!
Toju taxt va sarvat bor joyda
She’riyatning gullari unmas!

Rus tilidan Hasanboy G‘oyib tarjimaci